Navoiy shahri tashkil topganligining 60 yilligi nishonlanadi. Abdulla Aripov tashkiliy qo‘mita raisi bo‘ladi

O‘zbekiston 18:44 / 20.09.2018 8754

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi va Navoiy shahri tashkil topganligining 60 yilligini nishonlash to‘g‘risidagi loyiha joylashtirildi.

Hujjat bilan Navoiy viloyat hokimligi va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi ma'muriyatining “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi va Navoiy shahri tashkil topganligining 60 yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi takliflari ma'qullandi.

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi va Navoiy shahri tashkil topganligining 60 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mitasi tarkibi, chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanishi mumkin.

Tashkiliy qo‘mitaga (A.Aripov) quyidagi vazifalar yuklatiladi:

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi va Navoiy shahri tashkil topganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalariga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish va yuksak saviyada o‘tkazish;

kon-metallurgiya sohasini innovatsion rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil qilish;
      
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi va Navoiy shahri tashkil topganligining 60 yilligini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirishni “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi, mahalliy byudjyet va homiylarning mablag‘lari hisobidan amalga oshirish.

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi va Navoiy shahri tashkil topganligining 60 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mitasi tarkibi:

Aripov A.N. - O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, tashkiliy qo‘mita raisi
Sultanov A.S. - O‘zbekiston Respublikasining Bosh vazirining o‘rinbosari, tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari
Sultanov X.M. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi – Spichrayteri
Tursunov Q.B. - Navoiy viloyat hokimi
Sanaqulov Q.S. - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bosh direktori
Bazarov M.M. - Navoiy shahar hokimi
Xaydarov A.Ya. - O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari
Asadov B.Z. - O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari
Nazarmuxamedov D.A. - O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari
Xodjayev A.J. - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi
Tangriyev L.X. - O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori
Kuchimov A.K. - O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori.

Ko‘proq yangiliklar: