Moliya vazirligida yangi bo‘lim tashkil etiladi

O‘zbekiston 08:29 / 20.09.2018 19578

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi tarkibida to‘rtta shtat birligidan iborat professional tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish va auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazish bo‘limi tashkil etiladi. 

Bu prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yilgan.

Shunga mos ravishda vazirlik markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni oshiriladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019 yilning 1 iyuliga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga buxgalterlar va auditorlar jamoat birlashmalarini Moliya vazirligida akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibini joriy etish va auditorlik faoliyatini litsenziyalashni bekor qilgan holda auditorlik tashkilotlarining akkreditatsiyadan o‘tgan jamoat birlashmalariga majburiy a'zoligini belgilash bo‘yicha takliflarni kiritadi. 

Ko‘proq yangiliklar: