Konservatorlar Tereza Meyga 2019 yilda o‘z lavozimidan ketishni taklif qiladilar

Jahon 09:28 / 20.09.2018 4032

Buyuk Britaniyaning Konservativ partiyasi deputatlari bosh vazir Tereza Meyga «2019 yil mart oyidan keyin» o‘z lavozimini tark etishni taklif qiladilar. Bu haqda The Telegraph gazetasi bosh vazirlikka ehtimoliy nomzodlar nomi tilga olingan xizmat yozishmasiga asosan xabar bermoqda.

2019 yilning mart oyi - Britaniyaning Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqishi - Brexit’ni o‘tkazish bo‘yicha eng so‘nggi muddat hisoblanadi.

Nashrdan ta'kidlashlaricha, ularning qo‘llariga tushib qolgan hujjatda har bir nomzodning bosh vazir lavozimini egallashi bo‘yicha imkoniyati baholanadi.

Xususan, yozishma mualliflari Britaniya sobiq tashqi ishlar vaziri Boris Jonsonning yangi bosh vazir bo‘lishiga shubha qilishgan, chunki «favorit hech qachon birinchi bo‘lib kelmaydi», TIVning yangi rahbari Jyeremi Xantni esa, aksincha, «yashirin yetakchi», deb atashgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tereza Mey Brexit bo‘yicha ultimatum qo‘ygandi.

Ko‘proq yangiliklar: