Kolumbiyada haydovchi odamlarni urib yuborishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Jahon 07:54 / 20.09.2018 6920

Kolumbiyaning Guaduas shahrida haydovchi odamlarni urib yuborishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 10 kishi jarohat oldi.

Tiempo portalining ma'lum qilishicha, mashina odamlar avvalroq muzqaymoq va yogurt olib ketayotgan ikkita avtomobil ag‘darilib ketgan yo‘l-transport hodisasidan keyin yo‘lga to‘kilib ketgan mahsulotni yig‘ib olishayotganda ularni urib yuborgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, mashinaning tormozi ishlamay qolgan. 4 kishi voqea joyida, yana 4 kishi shifoxonada jon bergan.   

Ko‘proq yangiliklar: