Qashqadaryoda harbiylar uchun autsorsing tizimiga asoslangan zamonaviy oshxona ish boshladi

O‘zbekiston 17:22 / 20.09.2018 4625

Qashqadaryo viloyatida joylashgan Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli harbiy qismlardan birida yangi, zamon talablari asosida bunyod etilgan oshxona foydalanishga topshirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Bir vaqtning o‘zida 200 kishiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan oshxona harbiy uchuvchilar hamda texnik muhandislar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, har kuni ularning e'tiboriga turli-tuman parhez taomlar taqdim etish imkoniyatiga ega.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ta'kidlash kerak, autsorsing tizimi oshxonadagi oziq-ovqat ta'minoti sifatini yanada yaxshilash, oshxonalar taomnomasini kengaytirishga xizmat qiladi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Oshpazlar har kunlik belgilangan qat'iy taomnomaga asosan ovqat tayyorlaydi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Oshxonada oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va ishlov berishga mo‘ljallangan alohida xonalar mavjud. Har bir xona zamonaviy texnologik jihozlar, yuqori sifatli idish-tovoqlar bilan ta'minlangan. Bu esa harbiy xizmatchilarning sifatli ovqatlanishlari uchun qulay sharoit yaratadi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida Vazirlar Mahkamasi «O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlaridagi harbiy xizmatchilarning ovqatlanish sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarorni imzolagan bo‘lib, bugungi kunda vazirlik harbiy qism va muassasalarining barchasi ushbu tizimga samarali o‘tkazildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

 

Ko‘proq yangiliklar: