Qamchiq dovonida 6ta yangi radar o‘rnatildi

Jamiyat 11:24 / 20.09.2018 11787

«Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lida yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd etib boradigan 6ta yangi radar o‘rnatildi, deya xabar beradi Kun.uz manbalari.

Manbalar ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 18 sentabrida radarlar ishga tushirilgan. Ular Qamchiq dovonida, «Toshkent-O‘sh» yo‘lining 221-284 kilometrida o‘rnatilgan.

«Namangan viloyatining Pop tumaniga olib boruvchi yo‘lda, tunneldan chiqilganidan keyingi qismda radarlar o‘rnatildi. Ushbu yo‘ldan uchta viloyat: Namangan, Andijon va Farg‘ona mashinalari o‘tadi. Aynan shu hududda haydovchilar odatda soatiga kamida 90-100 km tezlikda, ba'zan esa soatiga 120 km tezlikda mashina haydaydilar. Boz ustiga, Pop tumani yo‘l-patrul xizmati postigacha pastga tushib boriladi. Radarlar o‘rnatilishi yaxshi bo‘ldi. Endi haydovchilar yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishadi», - deya qayd etib o‘tdi manbalardan biri.

Ichki ishlar vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan sakkiz oyi davomida yo‘lning shu qismida 43ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: