Isroil harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Il-20 samolyoti ishi bo‘yicha Moskvaga keladi

Jahon 16:36 / 20.09.2018 12974

Isroil harbiy-havo kuchlari bosh qo‘mondoni Amikam Norkin 20 sentabr kuni Il-20 samolyoti bilan bog‘liq hodisa yuzasidan Moskvaga keladi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.

Isroil harbiy delegatsiyasi Moskvaga Rossiya hukumatiga 17 sentabr kuni qulagan Rossiya samolyoti bilan bog‘liq hodisa bo‘yicha barcha ma'lumotlarni taqdim etish uchun kelmoqda.  

Isroil HHK rahbari aynan kim bilan uchrashishi xabar qilinmagan. Isroil qo‘mondonligi shuningdek Rossiyani «Eronning qurollangan “Hizbulloh” guruhiga qurol-yarog‘ berishga va Suriyada harbiy jihatdan o‘rnashishga urinishi” haqida xabardor qilish»ni rejalashtirgan. 

Avvalroq Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu «urib tushirilgan Rossiya samolyoti va ekipajning o‘limi uchun Isroil tomoni javobgar»ligini bildirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: