Hindistonda uchtaloq qilganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi 

Jahon 11:33 / 20.09.2018 6778

Hindiston hukumati uchtaloq qilishni jinoyat deb topish to‘g‘risidagi farmonni ma'qulladi. Bu haqda Times Of India xabar bermoqda.

Hindistondagi 172 million musulmonning aksariyati sunniylar bo‘lib, ular diniy qoidalar asosida hayot kechirishadi. Er xotini bilan ajrashishi uchun “taloq” so‘zini uch marta aytishi kifoya. Bu yuzma-yuz, telefon orqali, sms xabar va hatto ijtimoiy tarmoq orqali ham amalga oshirilishi mumkin.

Mamlakat adliya vaziri Shankar Prasad bu amaliyotni «noinsoniy» deb atadi. U 22 mamlakat, jumladan qo‘shni Pokiston va Bangladeshda ham bu narsa taqiqlanganini ta'kidladi.

Hindistonda uchtaloq qilish o‘tgan yili konstitutsiyaga zid deb topilgandi, bu yil Narendra Modi hukumati bu boradagi qonunni yanada kuchaytirmoqchi. Uchtaloq qilishda ayblanganlar endilikda garov evaziga ozodlikka chiqarilmaydi. Kongressdagi muxolif partiya bunga qarshi chiqmoqda va jazo chorasini yengillashtirishni taklif etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: