YeKPA rahbari Rossiyani ayblab chiqdi

Jahon 13:14 / 20.09.2018 8194

Yevropa kengashi parlament assambleyasi (YeKPA) rahbari Lilian Mori Paskening ma'lum qilishicha, Rossiya tomoni tashkilotning ustav organlari ishidagi muvozanatga zarar yetkazmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

Paskening so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni 2014 yildan buyon YeKPA ishida ishtirok etmayapti, uning delegatsiyalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgan o‘rindiqlar bo‘sh turibdi.

«Bu holat Yevropa kengashining ikkita ustav organi - Rossiyaning to‘la huquqli vakillari bilan Vazirlar qo‘mitasi hamda YeKPA tarkibidagi muvozanatga zarar yetkazmoqda», - deya aytib o‘tdi Paske.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Rossiyani «urishqoq» deb atagandi.

Ko‘proq yangiliklar: