Departament xodimiga 500 dollar pora bergan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jamiyat 10:39 / 20.09.2018 7026

Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan Departamentning Mirobod tuman bo‘limi inspektori M.S.ning bildirgisiga asosan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda fuqaro X.A. o‘zining qarindoshi D.A.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik va ishni uning foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga M.S.ga 500 AQSh dollari pora berishni taklif qilib, Departamentning Mirobod tuman bo‘limi binosi oldida 500 AQSh dollarini pora tariqasida M.S.ga bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro X.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: