Buyuk Britaniyada ikki o‘smir terakt tayyorlashda gumonlanib hibsga olindi

Jahon 18:27 / 20.09.2018 3370

Politsiya Angliyaning janubi-sharqidagi Ramsgit shahrida terrorchilik faoliyatida gumonlangan ikki o‘smirni qo‘lga oldi. Bu haqda Kent grafligi politsiyasi o‘z saytida xabar berdi.

"Bugun politsiya aksilterror bo‘linmasi detektivlari terrorchilik tusidagi jinoyatlarni sodir etishda gumon qilingan ikki yosh yigitni hibsga oldi", - deyiladi xabarda.

Politsiyaning xabariga ko‘ra, ular 15 yoshli o‘smirlar bo‘lib, Ramsgit shahrida yashaydi. Ular sodir etgan jinoyat tafsilotlari aytilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: