Boks bo‘yicha amaldagi jahon chempioni doping testidan o‘tolmadi

Sport 10:55 / 20.09.2018 6594

Butunjahon boks kengashi (WBC) talqini bo‘yicha ikkinchi o‘rta vazn toifasidagi jahonning amaldagi chempioni amerikalik Devid Benavides doping testidan o‘ta olmadi.

Tashkilotning rasmiy sayti xabariga ko‘ra, sportchining namunalarida kokain metaboliti topildi. AQSh vakili B namunasini ochiqlashdan bosh tortdi.

WBC’ning intizom qo‘mitasi bokschi tomonidan giyohvand moddalar iste'mol qilinishi holatlari bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshlab yubordi.

Benavides o‘z faoliyatidagi barcha 20ta jangda g‘alaba qozongan bo‘lib, ulardan 17tasini nokaut bilan yakunlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Golovkindan chempionlik kamarini tortib olgan Alvaresning ringga qachon qaytishi ma'lum bo‘lgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: