Auditorlik tashkilotlariga yangi talablar qo‘yilmoqda 

O‘zbekiston 08:08 / 20.09.2018 9164

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

2019 yilning 1 yanvaridan boshlab shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq: 

tijorat tashkiloti, agar u haqdagi axborot Tadbirkorlik sub'yektlarining yagona davlat reyestriga kiritilgan sanadan boshlab uch oy davomida auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan auditorlik tashkilotlari reyestriga kiritilmagan bo‘lsa, o‘z nomida “auditorlik tashkiloti” so‘zlaridan foydalanishga haqli emas; 

auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya lisenziatga barcha turdagi auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish huquqini beradi; 

auditorlik tashkilotining ustav kapitali auditorlik tashkiloti faoliyatini amalga oshirishda bevosita foydalaniladigan mol-mulkdan, shu jumladan, pul mablag‘laridan shakllantiriladi; 

auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi hisoblangan auditorlarning eng kam soni kamida to‘rt nafar shtatdagi auditordan iborat bo‘ladi; 

aynan bitta xo‘jalik yurituvchi sub'yektning auditorlik tekshiruvi ketma-ket yetti yildan ortiq bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi; 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda har uch yilda kamida bir marta auditorlik tashkilotlari ishining sifati tashqi nazoratdan o‘tkaziladi; 

auditorlik tashkilotlari o‘zlarining veb-saytlarida yoki auditorlar jamoat birlashmalarining veb-saytlarida o‘tkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari to‘g‘risidagi axborotni xo‘jalik yurituvchi sub'yektning identifikatsiya ma'lumotlarini va auditorlik xulosasini ko‘rsatgan holda e'lon qiladi. 

Faoliyat yuritayotgan auditorlik tashkilotlari 2019 yilning 1 apreliga qadar mazkur qarorda belgilangan shtatdagi auditorlarning eng kam soni to‘liq to‘ldirilishini ta'minlaydi. 

Ko‘proq yangiliklar: