Auditorlik tashkilotlari ustav kapitali eng kam miqdoriga doir talab bekor qilinmoqda

O‘zbekiston 08:25 / 20.09.2018 4601

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan 2019 yil 1 yanvardan: 

auditorlik tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdoriga doir; 

auditorlik tashkilotlari rahbarlarining attestatsiyadan o‘tishi bo‘yicha; 

ustav kapitalida davlat aksiyalari (ulushlari) to‘plami 50 foizdan ortiq bo‘lgan korxonalarda tashqi auditni o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat ichidan tanlov asosida tanlash to‘g‘risidagi talablar bekor qilinadi. 

Belgilanishicha, 2020 yil 1 yanvardan: 

a) hisobot yili yakuni bo‘yicha quyidagi shartlardan bir vaqtning o‘zida ikkitasiga javob bergan tijorat tashkilotlari ham har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim: 

aktivlarning balans qiymati eng kam ish haqining 100 ming barobar miqdoridan ortiq bo‘lsa; 

mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushum eng kam ish haqining 200 ming barobar miqdoridan ortiq bo‘lsa; 

xodimlarning o‘rtacha yillik soni 100 kishidan ortiq bo‘lsa; 

b) auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini faqat Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi tomonidan nashr etiladigan xalqaro audit standartlari asosida amalga oshiradi; 

v) majburiy auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazuvchi auditorlik tashkilotlari ishi sifatining tashqi nazorati natijalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining veb-saytida e'lon qilinadi. 

Ko‘proq yangiliklar: