Abe Yaponiyani 2021 yilgacha boshqaradi

Jahon 12:45 / 20.09.2018 2656

Yaponiyada hukmron bo‘lgan Liberal-demokratik partiyaning (LDP) a'zolari Sindzo Abeni o‘zlarining raisi etib qayta saylashdi. Bu haqda Kyodo xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, ovoz berish jarayonida Abe 810 ovozdan 533tasini qo‘lga kiritgan, uning raqibi yaponiyalik siyosatchi Sigeru Isiba esa 254 ovozga ega bo‘ldi.

Ovoz berish natijalariga muvofiq, shu tariqa Abe agar LDP hukmron partiya bo‘lib qolsa, 2021 yilgacha mamlakat hukumati rahbari lavozimini egallaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Yaponiyaga taklif bilan chiqqandi.

Ko‘proq yangiliklar: