4 yildan so‘ng Toshkent shahrida Arab muvofiqlashtirish guruhi bilan davra suhbati tashkil etildi

O‘zbekiston 12:20 / 20.09.2018 4573

​19 sentabr kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan tashkillashtirilgan  Arab muvofiqlashtirish guruhi (AMG) ishtirokidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.  Tadbirda respublika vazirliklari, idoralari va tijorat banklari vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbatida «Obod qishloq», «Obod Mahalla», «Har bir oila tadbirkor» davlat dasturlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston vazirliklari va idoralari vakillari ta'lim, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalarida istiqbolli investitsiyaviy loyihalar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazdi.

Ma'lumot uchun, Arab muvofiqlashtirish guruhi besh moliya institutidan iborat bo‘lib, ular Islom taraqqiyot banki, Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi, Arab iqtisodiy taraqqiyot Quvayt jamg‘armasi, OPEKning Xalqaro rivojlanish jamg‘armasi va Abu-Dabi taraqqiyot fondidir.

O‘zbekiston bilan ITB o‘rtasidagi hamkorlik yillar davomida rivojlanib, $ 926 mln. qiymatdagi 17 ta loyiha amalga oshirilgan, bundan 665 mln. AQSh dollari miqdoridagi ITB kreditlari hisobidan moliyalashtirilgan. Bularning asosiy yo‘nalishi:  yo‘l infratuzilmasini, kommunal xizmatlarni, irrigatsiya, qishloq infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha loyihalarni, sog‘liqni saqlash va ta'limni rivojlantirishga qaratilgan.  Bugungi kunda amalga oshirish bosqichida umumiy qiymati 1 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 9 loyiha mavjud bo‘lib, ulardan 840 millioni ITB tarafidan qoplanadi. 

Arab muvofiqlashtirish guruhi a'zolari bilan so‘nggi uchrashuv 2014 yil oktabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan edi. 2000 yildan so‘ng 15 yil davomida O‘zbekistonda, Kuvayt arab iqtisodiy rivojlanish jamg‘armasi (KAIRJ) bilan hamkorlik vaqtida 90 million AQSh dollari dan ortiq investitsiyaga teng 7 loyiha amalga oshirildi. Hozirgi vaqtda KAIRJ bilan 4ta loyiha amalga oshirilmoqda, ulardan ikkitasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Loyihalar, jumladan, tibbiy asbob-uskunalar bilan klinikalar va maxsus ta'lim muassasalarini jihozlash va o‘z vaqtida gemodializ xamda nevrologik g‘amxo‘rlik uchun qaratilgan. Qishloq joylardagi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va yo‘llarni rekonstruksiya qilish bo‘yicha yana ikkita loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalarga kiritilgan investitsiya miqdori 100 million dollarni tashkil etadi.

Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Fondi bilan birgalikda 2006 yildan beri 150 mln. dollardan dan ortiq  hajmidagi 4 loyiha amalga oshirildi bundan 88 millioni fond ulushiga  to‘g‘ri keladi. Amalga oshirilgan loyihalar Xorazm va Qoraqalpog‘iston qishloq joylarda umumta'lim maktablar qurilish, jihozlash va yangi uy-joy qurishni o‘z ichiga oladi. Bugungi kunda xalqaro avtomobil yo‘lini, rekonstruksiya qilish va suv ta'minoti tizimlarini takomillashtirish xamda kaskad nasos stansiyalarini rekonstruksiyasi, shifoxona va tibbiy markazlarini tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlashga qaratilgan, umumiy qiymati taxminan 395 mln. dollarga teng, 6 loyihalarni amalga oshirildi.

2001 yildan beri OPEK Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi investitsiya miqdori taxminan 40 mln. AQSh dollariga teng 5 ta loyihani amalga oshirdi. OPEK jamg‘armasi bilan hamkorlikda, Samarqand-Buxoro temir yul qismini yangilash, ayrim viloyatlarida irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini qayta tiklash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, OPEK jamg‘armasi, kichik va xususiy biznesni moliyalash uchun kredit liniyasini ajratdi. Qishloq aholi punktlarini suv bilan ta'minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha 2 loyiha amalga oshirilmoqda.

Abu-Dabi taraqqiyot jamg‘armasi bilan aloqalar, 2007 yilda AMG a'zolari ishtirokida Toshkentda bo‘lib o‘tgan yalpi majlis doirasida qurilgan.

Ko‘proq yangiliklar: