2019 yilda O‘zbekiston-Germaniya o‘rtasida oliy darajadagi tashriflar almashinuvi rejalashtirilgan 

O‘zbekiston 17:34 / 20.09.2018 2583

2018 yilning 20 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatga amaliy tashrif bilan kelgan Germaniya Federativ Respublikasi TIV davlat vaziri Nils Annenni qabul qildi.

TIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda ikki tomon kun tartibidagi muhim masalalar, turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida ta'kidlanganidek, 2019 yilga rejalashtirilgan oliy darajadagi tashriflar almashinuvi O‘zbekiston-Germaniya muloqotida yangi sahifa ochishi kutilmoqda. U ikki tomon aloqalariga tizimli va serqirra tus berishi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o‘zaro manfaatli aloqalarni chuqurlashtirish, O‘zbekistonga ilg‘or nemis texnologiyalarini jalb qilish uchun kerakli sharoitlarni yaratishiga imkon yaratadi.

Uchrashuvda ikki davlat hukumatlari, idoralari, parlamentlari o‘rtasidagi bo‘lajak aloqalar, boshqa qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi. Shu o‘rinda ta'kidlanganidek, Toshkent shahrida 19 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan «O‘zbekistonning mintaqaviy tashabbuslari va Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta'minlashda Germaniya o‘rni» mavzusidagi davra suhbatida tashqi ishlar davlat vaziri boshchiligidagi Germaniya nufuzli delegatsiyasining ishtirok etishi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlashdan ikki davlat ham manfaatdorligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Muzokaralarda joriy yilning noyabr oyiga belgilangan O‘zbekiston va Germaniya tashqi siyosat idoralari rahbarlari darajasidagi siyosiy maslahatlashuvlarga tayyorgarlik jarayoni ham ko‘rib chiqildi.

Ko‘proq yangiliklar: