O‘zbekiston ekologlari ham o‘z formasiga ega bo‘ladi - Hukumat qarori

O‘zbekiston 23:18 / 19.09.2018 13193

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhit muhofazasi Davlat qo‘mitasi tizimi xodimlarining forma kiyimlari va ajratish belgilari namunalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2018 yil 19 sentabrdagi №737-sonli qarori qabul qilindi.

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 27 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining forma kiyimlarini ishlab chiqish, standartlashtirish, tasdiqlash va tayyorlash mexanizmlarini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» PQ–2800 sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 maydagi «O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhit muhofazasi Davlat qo‘mitasi haqidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida»gi №310-sonli qarori qabul qilingan edi.

Mazkur qarorlar ijrosini ta'minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhit muhofazasi Davlat qo‘mitasi tizimi xodimlarining yagona mundirlash namunasini yaratish maqsadida ularning forma kiyimlari ham ajratish belgilarni tasdiqladi.

Hukumat qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhit muhofazasi Davlat qo‘mitasi forma liboslarini tikish uchun milliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida o‘rnatilgan tartibda tanlov (tender) savdolari o‘tkazadi.

Ko‘proq yangiliklar: