Sony 25 yil avvalgi PlayStation’ning mini-versiyasini chiqaradi

Fan-texnika 14:58 / 19.09.2018 4706

Sony 1994 yilda sotuvga chiqqan birinchi PlayStation’ni qaytadan chiqaradi. Uning o‘lchami o‘sha davrdagidan 45%ga kichikroq bo‘ladi.

Foto: Sony 

Sotuv 3 dekabrdan boshlanadi. Narxi esa 99,99 dollarni tashkil etadi.

PlayStation Classic o‘sha davrning 20ta eng ommabop o‘yinlari, jumladan Final Fantasy VII, Jumping Flash, Ridge Racer Type 4, Tekken 3 va Wild Arms o‘yinlari o‘rnatilgan holda bo‘ladi.

Foto: Sony 

Sony o‘tmishdagi o‘yin konsollarini bozorga qaytarayotgan birinchi kompaniya emas. 2017 yilda Nintendo kompaniyasi Super Nintendo Entertainment System o‘yin konsolini qaytadan chiqargandi.

Ko‘proq yangiliklar: