Soch to‘kilishiga qarshi yordam beruvchi modda aniqlandi

Light 20:29 / 19.09.2018 19632

Manchester universiteti olimlari parfyumeriyada sandal daraxti hidini olishda qo‘llanuvchi modda inson sochlari o‘sishini jadallashtirishini aniqlashdi. 

Olimlar sandalor deb ataluvchi bu moddani soch follikulalaridagi OR2AT4 retseptoriga ta'sir qilish uchun qo‘llashgan. Sandalor bosh terisi to‘qimalari namunalariga surtilganda bir vaqtning o‘zida soch o‘sishini kuchaytirgan va o‘lik hujayralar sonini kamaytirgan.

“20 nafar ayolda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari sandalorning qo‘llanishi soch to‘kilishini kamaytirishini taxmin qilishga asos beradi”, deb aytgan tadqiqot mualliflaridan biri professor Ralf Paus. 

Keyingi bosqich moddaning ko‘ngillilarda to‘liq sinovdan o‘tkazilishi bo‘lishi kerak. Olimlar soch to‘kilishi muammosini hal qilishga yaqin turishganini aytishmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: