Saul Alvaresdan Golovkindan yutib olgan unvonlaridan biri olib qo‘yildi

Sport 21:05 / 19.09.2018 8205

O‘rta vazn toifasida endilikda WBC va WBA (Super) versiyalari bo‘yicha jahon chempioni bo‘lib qolgan meksikalik Saul “Kanelo” Alvares Xalqaro boks tashkiloti – IBO chempionlik kamaridan mahrum etildi. Alvares qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin bilan jangidan keyin IBO’ga jang oldidan badal to‘lamagani ma'lum bo‘lgan. Endilikda unvon vakant bo‘lib qoladi.

15 sentabrda Las-Vegasda Alvares va Golovkin o‘rtasida o‘tgan takroriy jang meksikalikning g‘alabasi bilan yakunlangandi. Qozog‘istonlik bokschi faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatiga uchrab, barcha unvonlaridan mahrum bo‘lgan.

IBO 1988 yilda tashkil etilgan va professional boksda nufuzlilik bo‘yicha 5-raqamlisi hisoblanadi. Hozirda mashhur bokschilardan faqatgina Entoni Joshua IBO unvoniga ega.

Ko‘proq yangiliklar: