Kitob mohiyatini anglashga yordam beradigan 4 yondashuv

Light 19:49 / 19.09.2018 8604

Kitoblar olami – sayyoradagi eng konservativ olam bo‘lsa kerak. Har ikkinchi kitobxon kitob borasida tanqidlarga uchraydi: kerakli adabiyotni o‘qimayapsan, qiziqarli bo‘lmagan kitobni yarmida tashlab ketding, axir uni oxirigacha o‘qishing kerak edi-ku! Mutolaaga osonroq munosabatda bo‘lib, ko‘proq narsani eslab qolish va albatta undan zavq olishda yordam beradigan yondashuvlar haqida hikoya qilamiz.

Foto: Unsplash

Kitobni yakunlashingiz shart emas

Balki kitob qiziqarli bo‘lib chiqmagandir? U holda qimmatli vaqtni sarf etishdan ne ma'no? Yaxshisi boshqa qiziqroq kitob mutolaasini boshlagan ma'qul. Ikkinchi sabab asosan non-fikshen janridagi ilmiy-ommabop kitoblarga tegishli. Ba'zida kitobning muayyan jihatlariga qiziqasiz, biroq ichingizdagi boshqa bir ovoz barini o‘qishga majburlaydi. Unga quloq solmang. Keraklisini o‘qing. Vaqtni behuda sarflamang.

Ma'lumotni o‘zlashtiring

Balki, zamonaviy odam kuniga 500 mingga yaqin so‘zdan foydalanishini tasavvur etish qiyindir. Bu «Urush va tinchlik» hajmidan ortadi. Gap kitoblar, internetdagi ma'lumotlar va boshqalar haqida. Axborot dunyosining eng katta muammosi: ma'lumotlarning kichik qisminigina o‘zlashtiramiz. Shuning uchun o‘qilgan kitob bir necha kundan keyin xayolimizdan ko‘tariladi.

Ma'lumotni o‘zlashtirishni o‘rganing. Uning ustida ishlang. Bilib olgan faktlaringiz haqida o‘ylang. Do‘stlaringiz bilan muhokama qiling. O‘z ijtimoiy tarmoqlaringizda bu haqida yozing. Ma'lumotga qancha ko‘p vaqt sarflasangiz, u xotirangizda uzoq vaqtga o‘rin topish ehtimoli ortadi.

Foto: Unsplash

Parchalarni qaytadan o‘qing

Bu ko‘pincha non-fikshen kitoblarga tegishli. Agar biror ma'lumotni yodda qoldirishni istasangiz, kitobni o‘qib bo‘lgach, ertasi kuni eng muhim joylarini qaytadan o‘qish tavsiya etiladi. Ma'lumotni qayta o‘zlashtirish bilan birga bu o‘qilganlarni yaxshiroq eslab qolishda yordam beradi.

Mutolaaga instrument kabi munosabatda bo‘ling

Mutolaa ma'lumotni o‘zlashtirishning boshqa usullari kabi bizga bilim va ko‘nikma olishda zarur. Buni anglasangiz, mutolaa jarayoniga xotirjamlik bilan munosabatda bo‘lasiz.

Siz kitoblarni  yoqtirasizmi? Ularga munosabatingiz qanday?

Ko‘proq yangiliklar: