Xyustonda yangi iPhone sotib olish uchun navbat paydo bo‘ldi. Apple ishqibozi sotuv boshlanishidan besh kun do‘kon oldida navbat egalladi, deb yozmoqda iDrop News.
Xyustonda yangi iPhone’ning birinchi egasi fotograf Isayya Stofferan bo‘ladi. Uning aytishicha, Apple Store oldida sotuvlar boshlanishidan besh kun avval navbatning boshini egallagan va bir necha tunni shu yerda o‘tkazgan.
Sentyabrda elektronika do‘konlari oldida navbatga turish Apple ishqibozlari uchun odatga aylangan. Brendning minglab muxlislari butun dunyo bo‘ylab yangi gadjyetni sotib olish uchun navbatga turishadi. Bu yil AQSh va bir nechta mamlakatlarda ayfonlar sotuvi 21 sentabrdan boshlanadi.
iPhone XS, XS Max va "byudjyet" iPhone XR taqdimoti 12 sentabr kuni bo‘lib o‘tgandi.
AQShda yangi iPhone sotuvga chiqishidan besh kun avval navbat paydo bo‘ldi
Kun Yangiliklari
O‘zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi e’lon qilindi
07:57 / 01.07.2022
25695
Noyabr oyi uchun «palov indeksi» e'lon qilindi
08:11 / 01.12.2021
34556