O‘qituvchilar eng ko‘p maosh oladigan 17 mamlakat

Light 13:50 / 18.09.2018 60090

O‘qituvchilik kasbi har bir davlatda eng muhim kasblardan hisoblanadi, chunki mamlakat farovonligi bevosita bog‘liq bo‘lgan xalqning savodli bo‘lishi uchun poydevorni aynan o‘qituvchilar qo‘yishadi. Ayrim mamlakatlarda o‘qituvchilarning davlat rivoji uchun  qo‘shayotgan hissalari yuksak qadrlanadi va ularga yaxshi maosh to‘lanadi.

Quyida o‘qituvchilar yiliga eng ko‘p maosh oladigan mamlakatlar bilan tanishishingiz mumkin.

Foto: Wikipedia

17. Fransiya —31,421.49 dollar

Fransiyada école maternelle deb ataluvchi maktabgacha ta'limdan keyin majburiy ta'lim tizimi uchta: école, collège va lycée bosqichlariga bo‘lingan.

Foto: Wikipedia

16. Portugaliya — 32,563.75 dollar

Portugaliyada maktabgacha ta'limdan oliy ta'limgacha bo‘lgan davrda ta'lim olish uchun davlat yoki xususiy ta'lim muassasasidan birini tanlash mumkin.

Foto: Wikipedia

15. Kosta-Rika — 33,519.29 dollar

Kosta-Rikada o‘quvchilar oilalari orasidagi iqtisodiy tafovut ajralib turmasligi uchun barcha maktab o‘quvchilari bir xil libosda yurishlari shart.

Foto: Wikipedia

14. Shvetsiya — 36,766.81 dollar

Shvetsiyada majburiy maktab ta'limi to‘rt: maktabgacha, kichik, o‘rta va katta ta'lim bosqichlariga bo‘linadi.

Foto: Wikipedia

13. Avstriya —37,122.44 dollar

Avstriyada 9 yillik majburiy bepul ta'lim tizimi joriy etilgan.

Foto: Wikipedia

12. Finlyandiya — 37,728.28 dollar

Finlyandiyada bolalar 7 yoshga to‘lganidan keyin maktabga qabul qilinadi.

Foto: Wikipedia

11. Kanada — 39,071.90 dollar

Bu yerda bolalar 16 yoshgacha maktabga kelishga majbur bo‘lib, Manitoba, Ontario va Nyu-Bransuikda ta'lim olish 18 yoshgacha majburiy hisoblanadi.

Foto: Wikipedia

10. Niderlandiya — 39,098.02 dollar

Niderlandiyada asosiy ta'lim tili golland tili bo‘lsa-da, aksariyat maktab va universitetlar ingliz tilida ta'lim berishga o‘tmoqda.

Foto: Wikipedia

9. Avstraliya — 40,762.47 dollar

Avstraliyada uch turdagi maktablar mavjud: davlat maktablari, katolik maktablari va mustaqil yoki xususiy maktablar.

Foto: Wikipedia

8. Ispaniya — 41,886.99 dollar

2008 yilgi moliyaviy inqiroz sababli hozirda Ispaniya Yevropada ishsizlik ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori o‘rinda turadi.

Foto: Wikipedia

7. Meksika — 42,816.51 dollar

Meksikada aksariyat bolalar boshlang‘ich maktabga borishadi, ammo 2011 yilda atigi 62 foiz bola o‘rta maktabga kirgan.

Foto: Wikipedia

6. AQSh  — 43,556.76 dollar

2011 yilda AQShda 3 yoshli bolalarning yarmi maktabgacha ta'lim muassasasiga qatnagan bo‘lsa, Yevropada bu ko‘rsatkich 90 foizni tashkil etgan.

Foto: Wikipedia

5. Daniya — 46,784.11 dollar

Daniyada ta'lim olish bepul bo‘lib, bu yerda 9 yillik majburiy ta'lim joriy etilgan.

Foto: Wikipedia

4. Norvegiya — 47,313.23 dollar

Norvegiyada emigrantlarning farzandlari uchun ta'lim ikki tilda olib boriladigan maktablar faoliyat ko‘rsatadi.

Foto: Wikipedia

3. Germaniya — 61,418.47 dollar

Nemis oilalaridagi bolalarning aksariyati davlat maktablarida o‘qishadi.

Foto: Wikipedia

2. Shveytsariya — 69,704.74 dollar

Shveytsariyada 26ta kanton majburiy ta'lim tizimi uchun mas'ul hisoblanadi.

Foto: Wikipedia

1. Lyuksemburg — 79,129.67 dollar

Lyuksemburgda ta'lim uchta tilda: lyuksemburg, nemis va fransuz tillarida olib boriladi.

Taqqoslash uchun: O‘zbekistonda maktab o‘qituvchilarining o‘rtacha oylik maoshi 2018 yil 1 sentabrdan 1 mln 749 500 so‘m (222,5 dollar, yiliga 2670 dollar)ni tashkil qiladi. 2019 yil 1 yanvardan esa ularning maoshini 2 mln 501 ming so‘mga (318,1 dollar, yiliga 3817 dollar) yetkazish ko‘zda tutilgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda maktab o‘qituvchilarining maoshi 13600-13800 somni (199,6-202,5 dollar, yiliga 2395-2430 dollar), Tojikistonda 1051 somoniyni (111 dollar, yiliga 1332 dollar), Qozog‘istonda 120-130 ming tengeni (320-347 dollar, yiliga 3840-4164 dollar) tashkil etadi. 

Ko‘proq yangiliklar: