Samsung kompaniyasi Galaxy J smartfonlarini ishlab chiqarishdan voz kechmoqchi, deb xabar berdi ET News portali.
Hozirda kompaniya mahsulotlari ro‘yxatida arzon Galaxy J/On, o‘rta narx toifasidagi Galaxy A va qimmat Galaxy S/Note smartfonlari mavjud. Nashrning xabariga ko‘ra, kompaniya yangi Galaxy M smartfonlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi.
Taxmin qilinishicha, Galaxy M turkumi byudjyet smartfonlar qatoridagi Galaxy J o‘rnini egallaydi. Yangi turkumdagi telefonlar yanada arzon bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas.
Shuningdek, Galaxy A turkumidagi ayrim modellar ham arzon smartfonlar qatoriga o‘tkazilishi aytilmoqda.