OAV: Rossiyaning Il-20 samolyoti urib tushirilgan

Jahon 08:07 / 18.09.2018 41777

Rossiyaning Il-20 samolyoti bortida 14 nafar harbiy xizmatchi bilan Suriya havo mudofaasi kuchlari tomonidan urib tushirilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda CNN telekanali AQSh hukumatidagi manbaga tayangan holda xabar bermoqda.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, samolyot Isroil harbiy-havo kuchlarining hujumini qaytarish paytida tasodifan urib tushirilgan. Hukumatdagi yana bir manbaning tasdiqlashicha, Suriyaning Lataqiya viloyatiga zarbalar Isroil samolyotlari tomonidan berilgan.

Avvalroq, Suriyadagi Hmeymim aviabazasi 17 sentabrda Rossiyaning Il-20 radiolokatsion razvedka samolyoti ekipaji bilan aloqani yo‘qotgani xabar qilingandi.

Ma'lum qilinishicha, 17 sentabr kechki vaqt Suriya havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari Lataqiya shahriga raketa hujumini qaytargan. Suriyalik harbiy manbaning ta'kidlashicha, hujum dengizdan amalga oshirilgan, bir necha raketa mo‘ljalgacha urib tushirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: