Balandlikni yaxshi ko‘radiganlar uchun – ekstremal tomosha maydonlari

Light 15:25 / 18.09.2018 18605

Eng baland qoyaga ko‘tarilish, parashyutdan sakrash ishtiyoqmandlari nafaqat adrenalinning yuqori darajasi haqida, balki kishini hayratga soladigan tasvirlar bilan ham o‘rtoqlashadilar. Balandlikni yaxshi ko‘radiganlar va g‘aroyib selfi olish orzusida bo‘lganlar uchun maxsus tomosha maydonlari qurilgan.

Xitoy

Foto: Getty Images

Xitoyliklarning odamning kichik ehtiyojlarini ham topa olish qobiliyati kishini hayratga soladi. O‘tkir his-tuyg‘ularni kuchaytirish uchun ham bu mamlakatda imkoniyatlar mavjud. Tog‘larda juda ingichka yo‘laklar bor. Ko‘priklar esa eng chuqur jarliklar ustida osilib turadi, bunga qo‘shimcha tarzda kuzatish uchun shishadan ishlangan shaffof maydonchalar qurilgan.

Foto: Getty Images

Shishali osmon yo‘lagi -  «The Glass Sky Walk» alohida ajralib turadi. Uni yana “Harakatdagi ajdarho” deb ham atashadi.

Foto: Getty Images

Xunan provinsiyasida joylashgan toqqa otlanganda Tyanmen tog‘i bo‘ylab qurilgan shishali ko‘prikka taklif qilishadi. Eni 1,5 metrli tomosha maydoni 1,5 km balandlikda “osilib turadi”.

Foto: Depositphotos

The Glass Sky Walk’da turib, manzaradan zavq olmaslik mushkul. Biroq ayrim sayyohlar ko‘prikning shishadan ishlangan qismidan tezroq o‘tib, qoyaga yaqinroq kelishga harakat qilishadi.

Xitoyning yana bir baland inshooti “Yuzta ajdarho lifti”ga to‘rt soatlik navbatni ko‘rib, “asablarini qitiqlash istagida bo‘lganlar” soni kamaymayotganligini ko‘rish mumkin. Ikki qavatli kabinalar yordamida odamlar guruhi 300 metrdan ortiq balandlikka ko‘tariladi. Yakuniy nuqtaga ko‘tarilish vaqtida atrofdagi manzarani kuzatishingiz mumkin.

AQSh

Foto: Grand Canyon West

Grand-Kanondagi manzaraning o‘zi kishini hayratga soladi. Biroq u bilan yaqindan tanishish, aniqrog‘i tabiat ijodkorligining g‘aroyib kengliklariga to‘liq singish uchun uning ustida shishadan tomosha maydonchasi qurilgan.

Foto: Grand Canyon West

Deyarli bir yarim kilometr balandlikda vodiy uzra 20 metrga cho‘zilgan yarim shar shaklidagi shaffof ko‘prik osilib turadi. Manzara bog‘ni tomosha qilish imkonini beradi, biroq adrenalinni oshirishga ham majbur qiladi.

Malayziya

Foto: Getty Images

Ganung tog‘lari va Langkavi oroli o‘rtasidagi jarlikdan o‘tgan ko‘prikni attraksionga o‘xshatish mumkin: uni yagona metall tirgakka biriktirilgan 8 ta trosslar ushlab turadi.

Kuchli shamol vaqtida ko‘prik biroz silkinadi, bu esa bosh aylanishi effektini kuchaytiradi.

Foto: Getty Images

Inshoot har ikki tomonda uchburchak tomosha maydonlari joylashgan yarim doira shaklida. U 2005 yilda Footbridge xalqaro mukofotiga loyiq deb topilgan.

Shveytsariya

Foto: Titlis Cliff Walk

Yevropada kuchli hislarni izlaydigan sayyohlarni jalb etuvchi joylar bor. Buning uchun Shveytsariyaga borish kerak.

Engelberg tog‘-chang‘i kurorti Alp tog‘larida qurilgan yuz metrli ko‘prik bo‘ylab sayrni taklif etadi. U 3 ming metr balandlikda joylashgan. Agar tizzadagi titrash va tanadagi qo‘rquvga e'tibor bermasangiz, Alp jozibasidan zavqlanishingiz mumkin.

Foto: Titlis Cliff Walk

Ko‘prikka borish uchun muzxona orqali o‘tish joyini kezish mumkin. Bu esa kishida katta taassurot uyg‘otadi.

Germaniya

Foto: Getty Images

Alp tog‘lari bir necha mamlakat, jumladan Germaniyani ham qamrab olgan. Alpshpitts qoyasining balandligi 2,6 ming metr.

Foto: Getty Images

Uning ekstremal tomosha maydoni – uzunligi 24 metr va eni 3 metrli balkon ko‘rinishidagi bo‘rtiq joylar. Ularning ustiga chiqqach, o‘zingizni bulutlar ustida yurgandek his etasiz.

Ko‘proq yangiliklar: