Apple kompaniyasi iPad va iPhone uchun yangi iOS 12 operatsion tizimini chiqardi

Fan-texnika 20:22 / 18.09.2018 3154

Apple kompaniyasi o‘z mobil qurilmalari uchun yangi iOS 12 operatsion tizimini chiqardi. Kompaniyaning bildirishicha, tizim iPad Air va iPhone 5s hamda undan yuqori bo‘lgan, shuningdek, oltinchi avlod iPod Touch foydalanuvchilari uchun mo‘ljallangan.

iOS yangi versiyasi yuqori ish samaradorligiga ega. Ilovalar ikki baravar tezroq ishga tushadi, suratga olishga ulgurish imkoniyati 70%ga oshgan. Yangi operatsion tizim Memoji smayliklarini yaratish imkonini beradi, an'anaviy Animoji to‘plami esa ancha kengaygan.

Qurilmalarda suratlarni qidirib topish imkoniyati ham kengaygan.

Ishlab chiqaruvchilar shuningdek, ma'lumotlar himoyasi va parollar xavfsizligiga ham e'tibor qaratishgan. Saqlangan parolni avtomatik qo‘yish uchun tanlashda foydalanuvchi Face ID yoki Touch ID orqali o‘z shaxsini tasdiqlashi lozim.

12 sentabr kuni Apple an'anaviy ravishda yangi qurilmalari taqdimotini o‘tkazdi. Kompaniya iPhone’ning uchta yangi modeli – iPhone XS, XS Max va XR’ni hamda Apple Watch Series 4 “aqlli” soatini taqdim qildi.

Ko‘proq yangiliklar: