Bryusselda noma'lum shaxs politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi

Foto: Le Soir
Bryusselda shaharning markaziy qismida joylashgan Maksimilen parkida politsiyachini pichoq bilan yaralagan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar berdi RTBF telekanali.
Xabar qilinishicha, politsiya xodimi yengil jarohat bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Le Soir gazetasining yozishicha, hujum qilgan shaxs ham og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Uning ko‘kragi va oyog‘iga o‘q tekkan.
Ma'lumotlarga qaraganda, politsiya patruli parkda uxlayotgan migrantlarni uyg‘otib, ulardan bu yerni tark etishlarini so‘rayotgan bo‘lgan. Uyg‘otilganlardan biri qo‘lida pichoq bilan politsiyachilarga tahdid qilgan. Politsiyaning pichoqni tashlash to‘g‘risidagi talabiga bo‘ysunish o‘rniga ularga tashlangach, unga o‘q uzilgan.
Mavzuga oid

13:58 / 07.03.2025
Avstraliyada o‘smir o‘qotar qurol bilan samolyot bortiga yashirincha chiqdi

12:55 / 01.03.2025
Litvada o‘zbekistonlik fuqaro ikki kishini pichoqlagani rad etildi

14:30 / 17.02.2025
Avstriyada o‘tkinchilarga pichoq bilan hujum qilgan shaxs IShIDga aloqador bo‘lgan

11:20 / 12.02.2025