NOMADasaurus: O‘zbekistonning aqlingizni shoshiruvchi suratlari

Light 21:53 / 16.09.2018 49150

Sayohatlar haqida ma'lumotlar beruvchi NOMADasaurus nashri Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida O‘zbekistonning o‘rni bo‘lakcha ekanini ta'kidlagan holda, ona diyorimizning rang-barang suratlari va u haqidagi ma'lumotlar bilan bo‘lishdi.

"2015 yilda biz to‘rt oyni Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmaniston mamlakatlarini o‘rganish bilan o‘tkazib, Markaziy Osiyo bo‘ylab sayohat qildik. Pomir tog‘laridan tortib to Qoraqum cho‘llarigacha - tarixiy Ipak yo‘li bo‘ylab harakatlandik.

Har bir mamlakat o‘ziga xos va ularni bir-biriga taqqoslash qiyin. Biroq ajoyib tarix va fenomenal arxitektura nuqtai nazaridan faqat bir mamlakat - O‘zbekiston ajralib turadi.

Biz bu mamlakat nimasi bilan e'tiborni jalb qilishi haqida katta maqola yozishimiz mumkin, albatta. Biroq bu go‘zalliklarni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingiz uchun shunchaki eng sara suratlarni jamlab, diqqatingizga havola qilishga qaror qildik.

Shunday qilib, O‘zbekistonning aqlingizni shoshirib qo‘yuvchi ajoyib 39 surati!"

Samarqanddagi tarixiy obidaga burilishda shunday manzarani ko‘rasiz
Bu ayol an'anaviy ipak matosini tayyorlamoqda
Qizilqum cho‘li o‘rtasida o‘tovlarga joylashishingiz mumkin.
Globusli tilla haykalni ko‘rishingiz mumkin bo‘lgan yagona mamlakat - O‘zbekiston
Amir Temur maqbarasidagi naqshinkor tillarang yozuvlar, har biri tarixdan darak beradi
Buxoroga boradiganlar bormi?
Bu ko‘m-ko‘k bejirim naqshlar!
Samarqanddagi 600 yillik Bibixonim madrasasi... Juda chiroyli
Sahroga borsangiz, gulxan atrofida o‘tirib, mahalliy ko‘chmanchi ijrosida an'anaviy o‘zbek musiqasini tinglang.
Go‘ri Amir - sohibqiron Amir Temur maqbarasi kunduzi
Xuddi shu obida tunda!
Hatto poytaxtda ham ajoyib obidalar bor - bu Toshkentdagi Ko‘kaldosh madrasasi
Qorningiz ochsa, ajoyib ziravorlar va oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish uchun Chorsu bozorida to‘xtab o‘ting.
O‘zbekiston - nafaqat sahro va Ipak yo‘li me'morchiligi, balki Qamchiq dovoni hamdir. Farg‘ona vodiysi tog‘laridan pastga nazar, bir so‘z bilan aytganda, epos! Shuningdek, bu dunyodagi eng xavfli yo‘llardan biridir.
Buxorolik bu yigit eng o‘tkir pichoqlardan birini yasaydi, qo‘lda!
Bu plitkalarni bir necha kunlab tomosha qilish mumkin
Samarqandning bu maskanida sayr qilar ekansiz, o‘zingizni o‘tmishga tushib qolgandek his qilasiz
Qirollik oilasining ko‘plab vakillari dafn qilingani bois Shohizinda qilxona sifatida ham mashhur
Xivadagi Minorai Kalon Markaziy Osiyodagi eng baland minora bo‘lishi kerak bo‘lgan, biroq Muhammad Aminxonning o‘limi sabab qurilish to‘xtab qolgan. Shunday bo‘lsa-da, ajoyib!
Milliy libosdagi kichkintoylar juda ajoyib!
Ular sayyohlar bilan suratga tushishni yaxshi ko‘rishadi!
Keksalar Xivaning 600 yillik devorlarini qo‘riqlab o‘tirishibdi
Ulkan binolar!
Qo‘lda to‘qilgan chiroyli gilamlarni xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, O‘zbekistonga yetadigani yo‘q. Ko‘p gilamlar 2-3 va hatto bundan-da ko‘p kishi tomonidan to‘qilib, ularning ustidagi ishlar bir yilgacha cho‘zilishi mumkin
Registon kunduzi
Registon tunda
O‘zbekiston aholisining 96 foizini musulmonlar tashkil qiladi. Buxorodagi masjidlardan birida ibodat qilayotgan ayolni uchratdik
Tilla Qori madrasasi masjidi
Qayerga qarama - ulug‘vorlik!
O‘zbekiston o‘zining noyob san'at va hunarmandchilik namunalari bilan mashhur, ular asrlar davomida Ipak yo‘lida tayyorlangan
Ipak matosini qo‘lga kiritish uchun eng yaxshi joy...
Toshkentdagi Ko‘kaldosh madrasasi - islom ta'limi markazi
Yana Registon, chunki u hech qachon ko‘plik qilmaydi
Buxorodagi minora
Toshkentdagi Chorsu bozori
Samarqandga nigoh
Xivadagi madrasa
Darhaqiqat, O‘zbekiston ajoyib!
Ko‘proq yangiliklar: