Tushlikda yeyilgan ovqatdan keyin nima qilish mumkin emas?

Light 13:47 / 15.09.2018 51236
Foto: 123RF

Ovqat tanovul qilish organizm sog‘ligi va hayotiy faoliyati uchun muhim hisoblanadi. Biroq taom faqat foyda keltirishi uchun bir necha man etilgan jihatlarni hisobga olish kerak. Ana o‘shanda u organizm tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi.

Chekish

Bu odat zararli ekani haqida eslatib o‘tish shartmikan? Agar ovqatdan keyin sigaret chekilsa, zararli ta'sir o‘n marta ortadi. Hazm qilish jarayoni yomonlashadi, tomirlarda siqilish yuz beradi, qon esa  kerakli kisloroddan mahrum bo‘ladi.

Foto: 123RF

Choy

Ovqatdan keyin me'da shirasiga aralashmasligi uchun choy ichish tavsiya etilmaydi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, choyda oqsil o‘zlashtirilishiga xalaqit beradigan kislotalar bor.

Mevalar

A'lo darajadagi desert bo‘lib ko‘rinadi. Ularni ovqat tanovul etishdan kamida bir soat avval yegan ma'qul. Mevalar ovqat hazm bo‘lish jarayonini ancha sekinlashtiradi.

Foto: 123RF

Uyqu

Yana unga ham navbat yetdi. Gap shundaki, uxlab qolsak, organizmning barcha tizimlari ham uyquga ketadi. Shunday qilib, tushlik oshqozonda chirishni boshlaydi.

Vanna va dush

Bunday taomillar oyoq va qo‘llarda qon aylanishini tezlashtiradi. Oshqozonda esa qonning qochishi yuz beradi.

Foto: 123RF

Sport

Mashg‘ulotlar vaqtida barcha tizimlar ishga tushadi. Ovqatdan keyin mashg‘ulotlar uchun tonus bo‘lmaydi. Bundan tashqari, ovqat hazm bo‘lish jarayoni ham kam hajmda yuz beradi.

Beldagi kamar

Agar ortiqcha yeb yuborgan bo‘lsangiz, kamarni bo‘shatmang. Aynan u iste'mol qilinganlarni oshqozonda muayyan holatda ushlab turishga yordam beradi. Kiyim «bo‘shatilishi» bilan yuk organga tushadi, darhol quyilgan qon esa hazm qilish jarayonini bloklaydi.

Ko‘proq yangiliklar: