G‘aroyib arxitektura: g‘ayrioddiy uylar qanday bo‘ladi?

Light 16:40 / 15.09.2018 38777

Arxitektura durdonalari ko‘pchilikni hayron qoldiradi va zavq beradi. Biz aql bovar qilmas darajada baland, qiziqarli shakllar va boshqa xususiyatlarga ega inshootlar haqida bilamiz. Biroq hozir e'tiboringizga havola etiladigan narsalarni hamma ham tasavvur eta olarmikan? Diqqat qiling, dunyoning eng g‘aroyib va betakror uylari namoyish etiladi.

Toshli

Foto: Focus

Yo‘q, u toshlardan qurilmagan. U qadar tekis devorga ham ega  emas. Bu inshoot portugaliyalik kishi tomonidan ulkan xarsanglardan barpo etilgan. Sayyohlarga bu joy shu darajada yoqdiki, egasi undan ko‘chib ketishga majbur bo‘lgan. Uning uyida esa toshlar muzeyi tashkil etildi.

Qiyshiq

Foto: Portal Rondon

Uni Polshada uchratish va hayratdan yoqa ushlash mumkin. Tashqaridan inshoot batamom qiyshiq – devor, deraza, eshik va hatto tomi ham. Ichkarisidan esa – odatiy bino.

Ferdinand Shevalning ideal saroyi

Foto: Business Insider

Qasrni o‘z qo‘llari bilan loyihalashtirgan va qurgan oddiy fransuz pochtachisining ismi aynan shunday edi. Oddiy tabiiy materiallardan 33 yil davomida ana shunday durdona namunasi barpo etilgan. Saroylarda faqat shohlar yashashi kerak deb kim aytdi?!

Pufakli

Foto: Ideal Decor

Ichki va tashqi tomonida u pufakchali. Juda g‘aroyib va qiziqarli. Ha, uning egasi Per Karden ham uni yuqori baholagan.

Sayyora

Foto: Alamy

12 ga 20 metr o‘lchamdagi kichik uychada 4 ta yotoqxona va 6 ta yuvinish xonasi joylashgan.

Sutyaginning yog‘ochli osmono‘par binosi

Foto: Mesto.ru

Afsuski, 2012 yilda u yonib ketdi. Biroq qachonlardir dunyodagi eng baland yog‘och bino hisoblangan. Qavatlar soni 13 ta edi. Mo‘'jiza Arxangelsk oblastida joylashgan.

Teshik

Foto: Steemit

Futuristik uy. O‘tgan o‘n yillik o‘rtalarida buzib tashlangan.

«Hujum qilingan uy»

Foto: ArchitectureIMG

Hozir bu yerda Vena zamonaviy san'at muzeyi joylashgan. Qachonlardir u ko‘pchilikni lol qoldirgan. Umuman olganda, hozir ham. Tasavvur qiling-a, ulkan qurilma tomiga kimningdir kamtarona uyi qulaydi.

Xang Nga

Foto: Guia Turismo

Bu aql bovar qilmas bino vetnamlik arxitektor tomonidan loyihalashtirilgan. U o‘z ishi bilan tabiatga zarar keltirayotgan odamlar e'tiborini tortishga harakat qilgan.

Boshmoq

Foto: Flickr

Hozir u qahvaxona. Qachonlardir bu yerda pensilvaniyalik boshmoqchi yashagan. Erkak o‘z ishini shu qadar yaxshi ko‘rib, uni mashhur qilishni istardiki, hatto kundalik hayotida ham oyoq kiyimdan ajralishni istamagan.

Bu uylardan qay biri sizga ko‘proq yoqdi?

Ko‘proq yangiliklar: