Tongda soat 8 ga qadar bajarilishi kerak bo‘lgan 6 narsa

Light 08:33 / 14.09.2018 65395

Boyo‘g‘li yoki so‘fito‘rg‘ay ekaningiz muhim emas. To‘g‘ri o‘tkazilgan  tong – yaxshi va unumdor kun garovidir. U ana shunday bo‘lishi uchun bari kechki payt rejalashtirilishi kerak. Axir rejasiz erta turgach, to‘shakda qolishda davom etishingiz ehtimoli katta. Bundan tashqari, agar kech uxlab, erta tursangiz, kuningiz unumli bo‘lmaydi. Axir to‘yib uxlamaslik miya funksiyalarini pasaytiradi.

Foto: Pexels

Hech bo‘lmaganda 10 daqiqa o‘zingiz bilan vaqt o‘tkazing

Erta turishning katta foydasi – yolg‘izlikda bo‘lish imkoniyati. Hatto bir o‘zingiz yashamasangiz ham uydagilardan vaqtliroq turib, o‘zingizga hech bo‘lmaganda 10-30 daqiqa ajrata olasiz. Bu xotirjam bo‘lish, unumli kunga sozlanish, bir finjon choy va qahva ichishning ayni vaqti.

Bir stakan suv iching

Albatta, bu tavsiya istalgan vaqt uchun dolzarb. Biroq tongda juda muhim, chunki uyqu vaqtida organizm suv miqdorini yo‘qotadi. Uni zudlik bilan to‘ldirish zarur.

Foto: Pexels

Badantarbiya qiling

Qiyin jismoniy mashqlar bo‘lishi shart emas. Aksincha, cho‘ziling, qisqa tortilishlar qiling. Bundan tashqari, mashqlar miyani yaxshiroq ishlashga majbur qiladi.

Uzoq muddatli ishlar bilan shug‘ullaning

Masalan, ingliz tilini mukammal darajada bilishni istaysiz. Ertalabda Coursera yoki TED’dagi videolarni tomosha qiling. Hatto 15 daqiqa ham sizni maqsadingizga yaqinlashtiradi.

«Qurbaqani yeng»

Albatta, bu metafora qo‘llangan nom. Tongda sizdan maksimal harakat talab etadigan ishlarni bajarish lozim. Agar ertalab buni uddalasangiz, demak boshqa maqsadlarni ham bajara olasiz. Bundan tashqari, iroda shunday resurski, kechga borib, u talab etiladigan ishlarni bajarish qiyinroq bo‘ladi.

Foto: Pexels

Sovuq dush qabul qiling

Yoki kontrast. Bu sizni tetiklantirib, quvvatga to‘ldiradi. Ayniqsa, qiyin bo‘lmagan jismoniy mashqlar bilan birgalikda yaxshi natija beradi.

Ko‘proq yangiliklar: