US Open finalida mojaro. Serena Uilyams yaponiyalik yosh tennischiga sensatsion ravishda mag‘lub bo‘ldi

Sport 11:50 / 09.09.2018 24944

Yaponiyalik tennischi Naomi Osaka Amerika ochiq chempionati - US Open finalida amerikalik Serena Uilyamsni mag‘lubiyatga uchratdi - 6:2, 6:4.

Bahs davomida Uilyams murabbiyi Patrik Murato‘g‘li bilan gaplashgani uchun ogohlantirildi.

Keyinroq amerikalik tennischi raketkasini sindirib tashladi va jarima ochkolari bilan jazolandi.

Keyin esa hakam Karlos Ramosni «yolg‘onchi» va «o‘g‘ri» deb atadi hamda hakamni haqoratlagani uchun geymdan mahrum bo‘ldi.

Natijada ikkinchi setda hisob 3:5 ko‘rinishini oldi. 

Shu bilan birga «Katta shlem» turnirlarida 23 bor chempion bo‘lgan, US Open turnirining 6 karra chempioni Uilyams AQSh ochiq chempionatining bosh arbitrini chaqirgan va o‘ziga hakam tomonidan ishlatilgan haqoratli so‘zlar haqida e'tiroz bildirgan.

20 yoshli Osaka o‘z faoliyatida ilk marta «Katta shlem» turnirida g‘olib chiqdi va bunday turnirda g‘olib bo‘lgan ilk yaponiyalikka aylandi.

Nyu-York (AQSh) 
US Open «Katta shlem» turniri
Umumiy sovrin jamg‘armasi 53 000 000 dollar 
Ochiq kortlar, xard 
Ayollar
Yakkalik razryad 
Final 
Naomi Osaka (Yaponiya, 20) - Serena Uilyams (AQSh, 17) - 6:2, 6:4

Ma'lumot uchun, Naomi Osaka o‘tgan yili bu turnirdagi ishtirokini 1/16 finaldayoq yakunlagandi. U dastlab germaniyalik Anjyelika Kerber ustidan ishonchli g‘alabaga erishgan bo‘lsada (6-3,6-1), keyingi bosqichda estoniyalik Kanepiga yutqazib qo‘ygandi.

Bu mavsumni u jahonning 68-raketkasi sifatida boshlagandi. AQSh Ochiq chempionati arafasida esa 19-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

U joriy yilgi US Open saralashida germaniyalik L.Zigemundni 6:3, 6:2, 1/32 finalda isroillik Yu.Glushkoni 6:2, 6:0, 1/16 finalda belaruslik A.Sasnovichni 6:0, 6:0, nimchorak finalda boshqa bir belaruslik sportchi A.Sobolenkoni 6:3, 2:6, 6:4, chorak finalda esa ukrainalik L.Tsurenkoni 6:1, 6:1 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratgan, yarim finalda amerikalik boshqa bir tennischi, o‘tgan yilgi turnir finalchisi Medison Kiz ustidan 6:2, 6:4 hisoblarida g‘alaba qozonib, finalga chiqqandi.

Serena Uilyams esa turnirdagi ishtirokini polshalik M.Linett ustidan 6:4, 6:0 hisoblaridagi g‘alaba bilan boshlagan, keyin finalga qadar  germaniyalik K.Vittxyoftni 6:2, 6:2, Vinus Uilyamsni 6:1, 6:2, estoniyalik K.Kanelini 6:0, 4:6, 6:3, chexiyalik K.Plishkovani 6:4, 6:3, latviyalik Anastasiya Sevastovani 6:3, 6:0 hisoblarida mag‘lub etgandi.

Ko‘proq yangiliklar: