Bir hafta davomida 1,6 mlrd so‘mlik «chiroyli» avtoraqamlar sotildi

Foto: KUN.UZ
Joriy yilning 27 avgustdan 2 sentabrgacha bo‘lgan davr mobaynida “O‘zRTXB” AJ da 785,5 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi. Bu esa o‘tgan haftadagi natijadan 43,6%ga ortiq ekanligini ko‘rsatdi. Bu haqda "O‘zRTXB" AJ matbuot xizmati xabar berdi.
O‘tgan hafta mobaynida onlayn auksion orqali 543 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 1,6 milliard so‘mdan oshdi.
Savdolar natijasida bitimlarning qariyb 20% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 47% ikkinchi va 33% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.
Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avtohavaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 20%ga teng. Keyingi o‘rinda Samarqand va Buxoro viloyatlarining avtohavaskorlari har biri 13% ulush bilan joylashdi. Uchinchi o‘rin Farg‘ona viloyati avtohavaskorlariga tegishli bo‘lib, ulushi 9%ni tashkil qiladi. Boshqa hududlarning ulushi 45%ga teng.
Mavzuga oid

11:22 / 01.03.2025
Ayrim transport vositalariga VIN raqamini shakllantirish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladi

21:17 / 29.11.2024
Auksionda 6,2 million dollarga sotib olingan bananni o‘z egasi yeb qo‘ydi

12:54 / 05.10.2024
Hindistonlik erkak noodatiy avtomobillar kolleksiyasi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

18:27 / 09.09.2024