Light | 22:55 / 06.09.2018
15016
2 daqiqa o‘qiladi
Xorijiy tilni o‘rganishga 24 sabab

Aslida xorijiy tilni nafaqat muloqot, balki sayohatlar va seriallar tomosha qilish uchun ham o‘rganish mumkin. Balki bu ro‘yxatda ingliz va boshqa tillarni o‘rganishga ishtiyoq uyg‘otadigan biror narsa toparsiz. Demak u:
- Xorijiy tilda o‘z fikrini bayon etish
- Sayohat qilish, shahar va mamlakatlar to‘g‘risida ko‘proq ma'lumotga ega bo‘lish
- Kitoblarni asl holida o‘qish
- Aktyorlarning haqiqiy ovozini eshitgan holda film va seriallarni tomosha qilish
- Xorijlik do‘st/qarindosh/tanishlar doirasidagi muhokamalarda faol ishtirok etish va muloqot qilish.
- Mehnat bozorida talabgir bo‘lish
- Karera pillapoyalaridan odimlash
- O‘z farzandlaringizga til o‘rganishda repetitorsiz yordam berish
- Qiziqarli xobbiga ega bo‘lish
- Xorij kompaniyalarida ishga kirish uchun suhbatlardan o‘tish
- Boshqa davlatga yashash uchun ko‘chib o‘tish
- Ingliz tilidagi saytlardan foydali ma'lumotni izlab topish
- Xorijiy hamkorlar bilan tarjimonsiz muloqot qilish
- Yangi do‘stlar orttirish
- Dunyoning eng yaxshi universitetlariga o‘qishga kirish
- Xorijiy kompaniyalarda amaliyot o‘tash
- Sevimli mamlakatingiz mentalitetini o‘rganish
- Xotirani mustahkamlash
- Sevimli qo‘shiqlardagi so‘zlarni tushunish
- Dallolsiz chipta/mehmonxonalarni band qilish
- Dunyoqarashni kengaytirish
- Original retseptlar bo‘yicha sevimli taomlarni tayyorlash
- Muvaffaqiyatli va bilimli bo‘lish
- Erkin bo‘lishda yordam beradi.
Sizga ham xorijiy tilni o‘rganish hayotingizda yordam beradimi?
Mavzuga oid

11:27 / 08.03.2025
Toshkentda xorijiy til bilish sertifikatini olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

12:02 / 26.07.2024
Estoniyada ta’lim tizimi xodimlariga eston tilini bilish talabi yuklanadi

11:25 / 28.06.2024
Ayrim yoshlar til o‘rgangani uchun moddiy rag‘batlantiriladi

13:42 / 21.06.2024