Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marg‘ilonda «Atlas bayrami» to‘qimachilik festivali o‘tkaziladi
11 – 15 sentabr kunlari Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida «Atlas bayrami» to‘qimachilik festivali o‘tkaziladi.
Bu yil to‘rtinchi marotaba tashkil etilayotgan «Atlas bayrami» an'anaviy to‘qimachilik festivali milliy matolar, hunarmandchilik va an'analarni dunyoga tanitishda muhim rol o‘ynaydigan madaniy tadbirlardan biri hisoblanadi. Yildan-yilga ushbu festivalning ko‘lami oshib bormoqda.
YuNeSKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi binosida OAV vakillari va tashkilotchilar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda festival doirasida o‘tkaziladigan madaniy marosimlar to‘g‘risida axborot berildi. YuNeSKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Dandev Badarch o‘z fikrlarini bildirdi.

«Atlas bayrami»ni o‘kazishdan asosiy maqsadimiz O‘zbekistonning boy nomoddiy merosini muhofaza qilish, ommalashtirish va an'anaviy hunarmandchilikni rivojlantirishga qaratilgan. Shu paytgacha ushbu to‘qimachilik festivali respublika doirasida o‘tkazib kelingan edi. Navbatdagi «Atlas bayrami»ni xalqaro miqyosda tashkil etdik. Islom Karimov nomidagi xalqaro jamg‘arma mutasaddilari xorijdan yetakchi mutaxassislarni jalb qilishimizda katta ko‘makchi bo‘ldi. Shu sababli Xitoy, Fransiya, Ispaniya, Turkiya, AQSh, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Tojikiston, Rossiya kabi o‘ndan ortiq davlatlarning yorqin namoyondalari tashrif buyurishi va mahorat darslarini o‘tkazishlari kutilmoqda. Biz tadbir orqali nafaqat boy nomoddiy merosimizni asrash yo‘lida hissa qo‘shish, balki yurtimizga keluvchi sayyohlar oqimini ham sezilarli ravishda oshirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz», deya uning so‘zlarini keltirgan «Kun.uz» muxbiri.

Shu bilan bir qatorda, anjumanda festival tashkilotchilaridan bo‘lgan akademik Akbar Hakimov batafsil ma'lumot berdi. Jumladan, Marg‘ilonda bo‘lib o‘tadigan «Atlas bayrami» xalqaro to‘qimachilik festivali 3ta yirik: ta'limiy, ilmiy va ommalashtirish yo‘nalishlarida tashkil etiladi. Bunda «Buyuk Ipak yo‘lidagi Sharq va G‘arb ta'siri: Xanchjou, Marg‘ilon, Valensiya» mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya, «Buyuk Ipak yo‘li: an'analarni davom ettirib...» an'anaviy to‘qimachilik ko‘rgazmasi hamda dizaynerlarning mahorat darslari tashkil etiladi. Shuningdek, Ermitaj hamda Xitoy ipak muzeyi vakillari taklif qilingan.
Eslatib o‘tamiz, festival Farg‘ona viloyati va Marg‘ilon shahri hokimiyati, Marg‘ilondagi Hunarmandchilikni rivojlantirish markazi, YuNeSKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, O‘zbekistonning YuNeSKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, «Hunarmand» assotsiatsiyasi, DVV International tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Markaziy Osiyo xalqaro tadqiqotlar instituti va bir qancha xalqaro tashkilotlar ko‘magida tashkil etilmoqda.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Patrul-post xizmatining shartnoma asosida xizmat ko‘rsatish tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 18:22
-
Farg‘onada IIB xodimining uyida tintuv o‘tkazildi
Jamiyat | 17:30
-
O‘zbekistonda ko‘chmas mulkning bozor qiymatini aniqlash tizimiga o‘tiladi
Ko‘chmas mulk | 17:11
-
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining ikki mulozimi ishdan olindi
O‘zbekiston | 16:28
Mavzuga oid

11:43 / 28.07.2025
Marg‘ilonda 35 mln dollarlik city qurilishi boshlandi

14:18 / 13.07.2025
Marg‘ilonda Gentra ko‘chada o‘ynab o‘tirgan yosh bolani bosib ketdi

17:40 / 15.04.2025
Farg‘onadagi «zapravka»da Matizʼga o‘rnatilgan gazballoni portlab ketdi

17:21 / 05.04.2025