Iroq va Eron o‘zaro hisob-kitoblarda AQSh dollaridan voz kechdi
Bag‘dod va Tehron o‘zaro hisob-kitoblarda qo‘llovchi valyutalar qatoridan AQSh dollarini chiqardi. Bu haqda Eron-Iroq savdo palatasi raisi Yahyo al-Ishoqga iqtibos keltirgan holda Mehr axborot agentligi ma'lum qildi.
“AQSh dollari Eron va Iroq o‘rtasida hisob-kitoblarda qo‘llanuvchi valyutalar qatoridan chiqarildi. Ular moliyaviy hisob-kitoblarda Eron riali, yevro yoki Iroq dinoridan foydalanadi”, deb aytgan amaldor.
Savdo operatsiyalari shakllaridan yana biri barter, ikki davlat kompaniyalari mahsulotlarini o‘zaro ayirboshlash bo‘ladi, deb qo‘shimcha qilgan al-Ishoq.
Mavzuga oid

15:02 / 09.03.2025
Rossiya, Xitoy va Eron Hind okeanida qo‘shma harbiy o‘quv mashqlarini o‘tkazadi

23:36 / 08.03.2025
Eron AQSh bilan muzokara o‘tkazishni rad etdi

20:41 / 07.03.2025
Tramp Eron yetakchisiga yadroviy dastur bo‘yicha bitim tuzishni taklif qildi

19:05 / 04.03.2025