Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Sobiq ittifoqni yo‘q qilish bo‘yicha rejalari oshkor qilindi

Foto: National Nuclear Security
AQSh 1960-yillarda Sobiq ittifoq va Xitoyni yetakchi sanoat davlatlari sifatida yo‘q qilish rejasini tayyorlagan. Bunda amerikalik harbiylar ushbu davlatlar fuqarolarini ommaviy qirish imkoniyatini ko‘rib chiqqanlar. Bu haqda “Milliy xavfsizlik arxivi” notijorat tashkiloti saytida e'lon qilingan sharhda aytilgan.
Tadqiqotchilar 1964 yildagi Yagona integratsiyalashgan tezkor reja (SIOP) hujjatlariga e'tibor qaratishgan. Ularda Sobiq ittifoqni “yirik sanoat davlatlari toifasidan chiqarish” uchun sanoat salohiyatining 70 foizini yo‘q qilish maqsadida yadroviy, harbiy va sanoat obektlariga yadroviy zarba berish zarurligi aytilgan. Shu tariqa "yashovchan jamiyat" sifatida ittifoqni yo‘q qilish ko‘zlangan.
Bunda AQSh aholining ommaviy qirg‘ini imkoniyatiga yo‘l qo‘ygan. 1961 yildagi hisob-kitoblarga ko‘ra, SIOP rejasiga ko‘ra zarba berilishi ittifoq shaharlarining 71 foiz aholisining, 1962 yildagi hisob-kitoblarga ko‘ra esa 70 mlnlik aholisining yo‘q qilinishini ko‘zda tutgan.
Shu bilan birga AQSh shtablari boshliqlari qo‘mitasi Sobiq ittifoq ustidan g‘alabaning bosh mezoni sifatida aholini yo‘q qilish g‘oyasini ko‘rib chiqqan.
SIOP AQSh qurolli kuchlari tomonidan yadro qurolini jangovar qo‘llash bo‘yicha batafsil tartib-qoidalarni tashkil etuvchi tezkor hujjatlar maxfiy majmuasi hisoblanadi.
2015 yil dekabrda AQShning arxivlar va hujjatlar bosh boshqarmasi AQShning 1959 yildagi atom bombardimonlarining ehtimoliy nishonlari ro‘yxatini oshkor qilgan. Bu ro‘yxat o‘z ichiga Sobiq Ittifoq, Sharqiy Yevropa va Xitoydagi yuzlab joylarni o‘z ichiga olgan. Ular orasida Moskvadagi 179 ta, Sankt-Peterburgdagi 145 ta va Sharqiy Berlindagi 91 ta nishon bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kamchatkada 7,2 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Jahon | 14:53
-
Ko‘paygan suvda cho‘kishlar, ruhiy «nosog‘lom» mintaqa, shifokorlarga hujum va Rog‘un GESidan 20 yillik shartnoma
Jahon | 14:06
-
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi
Jahon | 13:47
-
O‘zbekistonda 2026 yildan AI-80dan to‘liq voz kechiladi: bozorda defitsit yuzaga kelmaydimi?
O‘zbekiston | 12:22
Mavzuga oid

21:18 / 19.07.2025
Tramp BRICS tashkilotiga tezda barham berish bilan tahdid qildi

18:48 / 19.07.2025
Konsertdagi lavha yirik kompaniya rahbarining ehtimoliy xiyonatini fosh qildi

17:51 / 19.07.2025
Tramp WSJ nashrini sudga berib, 10 mlrd dollar talab qildi

14:13 / 19.07.2025