LG TV ko‘p tillarda ishlashi va “aqlli” uyga ulana olishi tufayli boshqa televizorlardan ustuvor jihatlarga ega
2018 yilning to‘rtinchi choragida yanada ko‘proq LG Electronics (LG) televizorlari foydalanuvchilari o‘zlarining AI ThinQ sun'iy intellektli televizorlarida Google Assistant’ni qo‘llashlari mumkin. LG besh tilli dasturni qo‘llab-quvvatlovchi Google Assistant’ni yana yetti yangi bozorda namoyish etadi, bular – Avstraliya, Kanada, Fransiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Ispaniya va Buyuk Britaniya. Mazkur bozorni kengaytirish LG’ning LG ThinQ platformasi va Google Assistant yordamchisi tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi ovozdan taniy olishga doir qarorlarini rivojlantirish bo‘yicha global strategiyasiga kiradi. Kompaniya CES 2018 ko‘rgazmasida birinchi marta LG televizorlariga Google Assistant o‘rnatilishi haqida e'lon qilgan edi, servis shu yilning ikkinchi choragida AQShda start oldi.
Yangi bozorlarda Google Assistant servisi WebOS bazasidagi sun'iy intellektli barcha LG televizorlarida bo‘ladi va keng funksiyalar spektri hamda bir necha tilli xizmatlarini taklif qiladi. Google Assistant sharofati bilan 2018 yilning ThinQ sun'iy intellekti bilan ta'minlangan LG televizorlari foydalanuvchilarga kundalik vazifalarni bajarish, savollarga javob berish yoki “aqlli” uy qurilmalarini boshqarish imkonini beradi va optimal xizmatlar ko‘rsatadi. Shunchaki mikrofon tugmasini bosing va istagan ma'lumotni so‘rang, masalan, ob-havo, yaqin oradagi restoranning ish vaqti, sport jamoasi o‘yinidagi hisobni so‘rab ko‘ring yoki TV ko‘rishdan uzilmay turib, xonadagi chiroqni o‘chiring. Foydalanuvchilar shuningdek Google Photo’da o‘zlarining sevimli suratlarini ko‘zdan kechirib, hayotlarining eng yorqin lahzalarini qaytadan his qilish imkoniga ega bo‘lishadi.
Sun'iy intellektli LG televizorlari Google Assistant yordamida “aqlli” uyning markaziga aylanishi mumkin, ular robot-changyutgich, termostat, havo tozalovchi va intellektual yorituvchi kabi ko‘plab qurilmalarni boshqarishni taklif etadi. Google Assistant Wi-Fi yoki Bluetooth orqali yuzlab mashhur brendlarning 5000 dan ortiq “aqlli” qurilmalari bilan ishlay oladi, bu esa “aqlli” uy qurilmalarini boshqarishni soddalashtiradi. AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya va Kanada kabi inglizzabon bozorlar foydalanuvchilari hozirning o‘zidanoq Google Home qurilmalarini sun'iy intellektli LG televizorlariga ulashi va ovozli buyruq berishi mumkin. 2018 yilning oxiriga borib Fransiya, Germaniya, Yaponiya va Janubiy Koreyadagi foydalanuvchilar ushbu funksiyani qo‘llash imkoniga ega bo‘lishadi. Amazon Alexa qurilmasi bilan ta'minlangan televizorlar bugungi kunda Buyuk Britaniya va AQShda mavjud, kelgusida Avstraliya va Kanadada ham ulardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
Sun'iy intellektli LG televizorlari Google Assistant’dan tashqari tomoshabinlarga og‘zaki so‘rov orqali bunday televizorlarni tashqi qurilmalarga tez va oddiy ulash yoki biror ma'lumot izlash uchun tabiiy tildan foydalanish imkonini beruvchi eksklyuziv ta'lim texnologiyasini qo‘llaydi. Televizion kanallarni yoqib-o‘chirish, ovozini balandlatish yoki pasaytirish, ko‘rsatuv tugashi bilan televizorni o‘chirish, sevimli dastur boshlangani haqida yodga solish yoki tomosha qilish uchun eng yaxshi kontentni izlash – u xoh kabel televideniyesi bo‘lsin, xoh Wi-Fi yoki multimedia orqali ulanish – bu ThinQ’ning tomoshabinlarga kundalik TV ko‘rishdan zavq olishga yordam berishiga bir necha misoldir.
“LG ochiq platforma, ochiq hamkorlik va shaffof xatti-harakatlarning noyob falsafasiga asoslanib, sun'iy intellekt sohasidagi asosiy o‘yinchi bo‘lishni maqsad qilgan, - dedi LG Home Entertainment Company prezidenti Brayan Kvon. – LG premium televizorlari tomonidan ta'minlanuvchi misli ko‘rilmagan tasvir sifatidan tashqari Google Assistant iste'molchilarga yangi darajadagi “aqlli” qurilmalarni taklif qiladi, bu bizning ilg‘or texnologiyalar yordamida hayotni yanada qulay qilishga doir missiyamizga muvofiq keladi”.
Berlindagi IFA 2018 ko‘rgazmasi 18-zalidagi LG stendi mehmonlari sentabr oyi boshida OLED-texnologiyalar namoyishi vaqtida Google Assistant ulangan LG ThinQ sun'iy intellekti bilan ta'minlangan televizorlarni yaqindan ko‘rishlari mumkin.
Reklama huquqi asosida