Singapurda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati virtual reallik texnologiyalari orqali namoyish etildi
Singapurdagi eng yirik NATAS Holidays 2018 turistik ko‘rgazmasida O‘zbekistonning sayyohlik imkoniyatlari ilg‘or texnologiyalar, jumladan virtual reallik texnologiyalaridan foydalangan holda namoyish etildi. Mamlakatimizning ko‘rgazmadagi stendi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, uning Toshkent shahridagi departamenti, Singapurdagi O‘zbekiston elchixonasi bilan hamkorlikda tayyorlangan.


Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmatida qayd etilishicha, Singapurdagi ko‘rgazma stendi ishtirokchilari bu ko‘zoynak orqali o‘zlarini O‘zbekiston shaharlarining diqqatga sazovor joylarida bo‘lgandek his qilishgan.

Virtual reallikning ushbu innovatsion mexanizmi mamlakat turistik salohiyatini to‘g‘ri baholash va mehmonlarni O‘zbekistonga tashrif buyurib, barchasini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishga undaydi.


Ko‘rgazma mehmonlari O‘zbekiston stendini jihozlash ishlari va turistik salohiyat taqdimotiga yondashuvni yuqori baholashdi.
Mavzuga oid

11:34 / 19.03.2025
Olmaotada O‘rol Tansiqboyev asarlarining ko‘rgazmasi ochildi

12:47 / 17.03.2025
O‘zbekiston xalq rassomi O‘rol Tansiqboyevning asarlari Olmaotada namoyish etiladi

13:48 / 11.03.2025
2025 yilda O‘zbekistonga 12 mln xorijiy sayyoh kelishi kutilmoqda

21:22 / 07.03.2025