Microsoft pora berish holatlarida gumonlanmoqda

Fan-texnika 15:50 / 24.08.2018 5624

AQSh Adliya vazirligi va Qimmatli qog‘ozlar hamda birjalar bo‘yicha komissiyasi Vengriya hukumat muassasalariga Microsoft dasturlarni sotishda poraxo‘rlik va korrupsiya bo‘yicha holatlarni tekshiruvdan o‘tkazmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal yozyapti.

Manbalar so‘ziga ko‘ra, gap 2013 va 2014 yillarda Vengriyadagi vositachi firmalarga Word hamda Excel dasturlarini sotish masalasi haqida ketyapti. Ushbu kompaniyalar Microsoft dasturiy ta'minotini chegirma bilan sotib olib, so‘ng uni Vengriya davlat tashkilotlariga yanada yuqori narxlarda sotishgan.

Ta'kidlanishicha, tergovchilar vositachi firmalarni narxlardagi farq rasmiylarga pora berish uchun ishlatilganida gumonlashmoqda. Ayni paytda Microsoft kompaniyasi ushbu bitimlarga jalb qilingan xodimlarni ishdan bo‘shatdi va tergov bilan hamkorlik qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: