Google ijtimoiy tarmoqlaridan Eronning 50 ga yaqin akkaunti kiberhujumlar sodir etish gumoni bilan o‘chirib tashlandi. Bu haqda Google ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, akkauntlarning aksariyati (39 tasi) YouTube videoxostingidan o‘chirib tashlangan.
Blogger platformasidan 6 ta blog, Google+’dan 13 ta akkaunt o‘chirib tashlangan. Ta'kidlanishicha, ularning barchasi “fishing” va buzib kirishlar uchun qo‘llangan bo‘lishi mumkin.
Google ma'lumotlariga ko‘ra, o‘chirilgan barcha akkauntlar Eron teleradiokompaniyasi bilan bog‘langan.
“Biz “Eron Islom Respublikasi ovozi” tashkiloti bilan bog‘liq bo‘lgan va buni yashirgan bir qator akkauntlarni aniqlab, ularni yopdik”, deb aytilgan kompaniyada.
Avvalroq Facebook va Twitter’dan ham Eron bilan bog‘liq akkauntlar o‘chirib tashlangandi.