Facebook dizaynerlar jamoasiga qanday kelib qoldim?

Light 18:20 / 24.08.2018 10399

Facebook mahsulotlari dizayneri Gerron Engstrom qanday qilib dunyoning yetakchi texnologik kompaniyasiga ishga joylashishga va millionlab foydalanuvchilar uchun mahsulotlar ishlab chiqarishga muvaffaq bo‘lgani haqida maqola uxdesign.cc'ga so‘zlab berdi.

Kareraning 1-bosqichi: Yangi dizayner

Vaqt: 2,5 yil/Tajriba: kichik/ Ish beruvchi: Mitchell International

Mening kareram texnik jihatdan 2011 yilning aprelida boshlandi. Menga San-Diyegoda korporativ dasturiy ta'minot ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi kichik kompaniyada amaliyot o‘tashni taklif qilishdi. Men juda yosh edim: nazariyani yaxshi bilardim, lekin olgan bilimlarimni amalda qo‘llay olmasdim. Men atamalarni yaxshi bilardim, ammo barchasini boshidan o‘rganishim kerak edi.

Men real ko‘nikmalarim yo‘qligini juda yaxshi anglab yetardim, shuning uchun doimiy ravishda rivojlanish va o‘z ustimda ishlashimga to‘g‘ri keldi. Men ma'lumot izlardim. Dizayn to‘g‘risidagi barcha kitoblarni o‘qib chiqardim. Mavzuga doir barcha konferensiyalarda ishtirok etardim va olgan bilimlarimni amaliyotda qo‘llashga harakat qilar edim.

Foto: Unsplash

Sekin-asta loyihalashtirish uchun turli jihozlarni o‘zlashtira boshladim. Men ishlagan kompaniya biroz eski maktabga tegishli edi, shunday ekan, u yerda Windows'da ishlovchi stol kompyuteridan foydalanardim. U paytlar bu mening imkoniyatlarimni chegaralayotganini tushunmaganman. Omnigraffle, Photoshop va Illustrator men qo‘llay oluvchi jihozlar edi.

Men universitetni amaliy ko‘nikmalarsiz tugallaganman, shu bois Adobe lineykasi jihozlaridan foydalanish men uchun qorong‘u edi. Kompaniyaga shuningdek frontend-ishlab chiqaruvchilar yetishmasdi. Bu mahsulotlar loyihadagidek ishlab chiqarilmasligiga olib kelardi. Men frontend-ishlanmalarni tushunmaganim sabab dasturchilar bilan til topisha olmasdim.

Shuning uchun veb-ishlanmalar va grafik dizayn kurslariga yozildim. Ularni tugallaganimdan keyin darhol tajribali grafik dizayner bo‘la olmagan bo‘lsam-da, har holda jihozlardan ishonchli foydalana olardim.

Rahbarim haqida ham ikki og‘iz so‘z. Bu borada omadim keldi, zero u mening do‘stim va murabbiyimga aylandi. Bu bosqichda maslahat va yordam so‘rab murojaat qilish mumkin bo‘lgan insonning bo‘lishi juda muhim. Do‘stona munosabatlarimizga bizning ilgari hamkasb bo‘lganimiz ham turtki berdi. Uning shaxsiy boshqaruv uslubi hatto hozir ham meni menejyer roli haqida o‘ylashga majbur qiladi.

Sizning murabbiyingiz rahbar yoki hamkasb bo‘lishi shart emas. Asosiysi, o‘zingiz o‘xshagingiz kelgan kishini topish.

Men Mitchell International'ga amaliy ko‘nikmalarsiz keldim, biroq ikki yarim yil ichida ko‘p narsa o‘rgandim.

Xulosalar:

Universitetda yaxshilab bilim oling. Imkon qadar ko‘proq amaliy tajribani qo‘lga kiriting.

Eng boshida dizayn haqidagi barcha kitoblarni o‘qing va turli anjumanlarda qatnashing. Bilim, terminologiya va aloqalar sizning oldinga qarab harakat qilishingizga yordam beradi.

Ko‘nikmalar to‘plamini kengaytiring. Eng avvalo o‘z bilimlaringizni tahlil qiling, yana nimalarni o‘rganish mumkinligini belgilab oling. Boy berilgan bilimlar o‘rnini to‘ldirishga yordam beruvchi ko‘p onlayn-kurslar va dasturlar bor.

Murabbiy toping. Bu sizning rahbaringiz yoki hamkasbingiz bo‘lishi shart emas. Shunchaki o‘zingiz o‘xshagingiz kelgan insonni toping.

Kareraning 2-bosqichi: Generalist

Vaqt: 2,5 yil/ Tajriba: o‘rta/Ish beruvchi: Intuit

Intuit barcha jihatlar bo‘yicha jiddiy texnologik kompaniya. O‘ylashimcha, aynan o‘sha yerda men malakali dizaynerga aylandim. Ilgari men yuzlab foydalanuvchilar tomonidan qo‘llanuvchi korporativ dasturiy ta'minotni loyihalashtirar edim, hozir esa men millionlar tomonidan qo‘llanuvchi yirik kompaniya iste'molchi mahsuloti ishlanmasi bilan shug‘ullanaman. Men uncha katta bo‘lmagan, lekin foydalanuvchi interfeysining ajralmas qismidan boshladim, u keyinroq TurboTax Home nomi ostida tanildi. To‘g‘risini aytsam, bu o‘zim faxrlanuvchi birinchi ishimdir.

Foto: Medium

Keyin esa men TurboTax'ning ExplainWhy™ kabi funksiyalari va TurboTax'ning iOS va Apple Watch uchun ilovalari ustida ishladim. Loyiha sayin o‘zimning murakkab muammolarning yechimini topish va muvaffaqiyatli funksiya hamda mahsulotlarni ishga tushirishning uddasidan chiqa olish xususiyatlarimga ishonch hosil qila boshladim.

Shuningdek, kompaniya doirasidan tashqari fikrlashni o‘rgandim. Men o‘z ishimni boshqalar bilan bo‘lisha boshladim - Medium'da qisqa postlar yozdim va turli anjumanlarda ishtirok etdim. Shu tariqa men nafaqat omma oldida chiqish qilish bilan bog‘liq qo‘rquvlarimni yengdim, balki notiqlik san'atini ham o‘rgandim.  Karera zinapoyalaridan qancha ilgari ko‘tarilsam, bu ko‘nikmalarning o‘z sohamdagi ustunligini shuncha yaxshi tushunib borardim.

Taxminan shu vaqtning o‘zida men frilanserlik bilan shug‘ullanib, turli kompaniyalardan buyurtmalar qabul qildim. Dastlab bu ish bilan jiddiy shug‘ullanish rejamda yo‘q edi, biroq yangi mijozlar soni tobora ko‘payib borardi. O‘sha davrda men uchun asosiy ustuvor jihat pul va yangi, qiziq loyihalar ustida ishlashdek tuyulardi. Hozir esa men asosiy foyda grafik dizayn ko‘nikmalarini takomillashtirishdan iborat bo‘lganini yaxshi tushunaman. Shu vaqtga qadar men dizaynerlar jamoalari muayyan ko‘nikmalarga ko‘ra ajratilgan kompaniyalarda ishlaganman - grafik dizaynerlar, animatsion dizaynerlar va h.k. Bunday jamoalarda faoliyat yurituvchi odamlar mutaxassis hisoblanadi.

Shunga qaramay, ko‘p kompaniyalar generalistlarni izlashadi. Mutaxassis bo‘lgan yaxshimi yo generalist - bugun bu borada qaynoq bahslar ketmoqda. Menimcha, o‘zingiz ishlagingiz kelgan kompaniyaga yo‘nalish kerak. Agar siz Facebook'ni ko‘zlayotgan bo‘lsangiz, siz barchasini uddalay olishingiz kerak.

U paytlar men o‘zimga bo‘lgan ishonchimni mustahkamlagan va grafik dizayn hamda omma oldida chiqish qilish qobiliyatimni takomillashtirgan loyihalar ustida ishlaganman.

Xulosalar:

O‘z yo‘lingizni toping. O‘zingizga o‘zingiz savol bering: boshqalarga qiziq tuyulishi mumkin bo‘lgan narsalar ustida ishlaysizmi? Qandaydir noyob mavzu topib, shu haqida yoza boshlang. Dizaynerlik hamjamiyati shaxsiy tajriba bilan bog‘liq noyob hikoyalarni yaxshi ko‘radi. Agar siz o‘zingiz yozayotgan mavzu katta e'tiborga loyiq deb topsangiz, anjumanda shu mavzuda chiqish qiling. Qo‘rqish kerak emas.

Ixtisoslashing yoki har taraflama rivojlaning. Qanday kompaniyada ishlashni orzu qilasiz? U yerda yangi xodimlarni ishga qabul qilish jarayoni qanday o‘tishi haqida ma'lumot oling. Ular mutaxassis izlashyaptimi yoki generalistmi?

Muayyan ko‘nikmalarni takomillashtiring yoki ko‘nikmalar to‘plamini kengaytiring. Generalist bo‘lishning eng yaxshi yo‘li - frilans bilan shug‘ullanish, bunda siz har taraflama rivojlanishingizga to‘g‘ri keladi. 

3-karera bosqichi: Maqsadga erishish va o‘zboshimchalik sindromi

Vaqt: shu kunlarga qadar/Tajriba: o‘rta-yuqori/ Ish beruvchi: Facebook

Men bu bosqichni "maqsadga erishish" deb atayman, zero doim bir kun kelib katta kompaniyaga ishga joylashishimni bilganman, biroq bu universitetni tugallaganimdan besh yil keyin ro‘y berishini tasavvur ham qilmaganman. Menga ish taklif qilishganida quvonch va o‘zimga bo‘lgan ishonch qamrab olgandi. Shunday bo‘lsa-da, bu tez o‘tib ketdi va men o‘zimga "Nima uchun ular aynan meni yollashdi?" deya savol bera boshladim.

Foto: Medium

Tez orada men bu fenomen - keng tarqalgan hodisa ekani va uning hatto nomi ("o‘zboshimchalik sindromi") ham borligidan xabar topdim. Men o‘zimni erishgan muvaffaqiyatimga munosib emasdek his qilardim va tez orada barcha mening dizaynerlik sohasidagi xususiyatlarimga shubha bilan qaraydigandek tuyulardi. Orzuingizdagi ishga joylashganingizda, hoynahoy, siz ham o‘zingizni shunday his qilasiz. Bor e'tiboringizni shunga jamlamang. Bu shunchaki kompaniya ekani va atrofingizda o‘zingizga o‘xshagan odamlar ishlashi haqida o‘ylang. Ishingizni vijdonan bajaring va bularning bari o‘tib ketadi.

Foto: The Independent

Bu bosqichda boshqaruv lavozimi haqida o‘ylash ham normal holat. Men butun umrim davomida yetakchilikdan u qadar uzoq bo‘lmadim - ko‘pincha talabalar qo‘mitasiga raislikka saylashar, kollejda esa qardoshlik klublari prezidenti bo‘lganman. Yosh dizaynerlarga ish o‘rgatish menga juda yoqsa-da, hozirgi lavozimimdan voz kechishga tayyorman, deb o‘ylamayman.

O‘z kareramni tahlil qilib, doim yangi loyihalar va imkoniyatlarni izlaganim, hech qachon o‘zim zavq oladigan narsalar haqida o‘ylashdan to‘xtamaganimni tushunib yetdim. Hozircha shug‘ullanayotgan ishim menga juda yoqadi va men har kuni  atrofimda innovatsion kompaniyada ishlovchi  aqlli hamda tirishqoq odamlar borligidan xursandman.

Xulosalar:

"O‘zboshimchalik sindromi"ni yenging. Bu oson emas, albatta, lekin fikrimcha, inson o‘z ishini to‘kis bajarishi kerak, shunda hammasi o‘tib ketadi.

O‘z karerangiz trayektoriyasi haqida o‘ylashni boshlang. Dizaynerlik faoliyatingizni davom ettirishni xohlaysizmi yoki menejmentga o‘tmoqchimisiz? O‘zingizga zavq keltiradigan ish haqida o‘ylang va qay biri sizga to‘g‘ri kelishiga oid qaror qabul qiling.

Ko‘proq yangiliklar: