Honda yangi samolyotini buyurtmachilarga yetkazib bera boshladi

Fan-texnika 00:25 / 23.08.2018 5926

Honda kompaniyasining HA-420 HondaJet samolyotining yangi versiyasi – HA-420 HondaJet Elite joriy yilning may oyida Jyenevadagi EBACE ko‘rgazmasida taqdim qilingandi. 

Honda’ning aviasozlik bo‘limi Honda Aircraft’ning ma'lum qilishicha, endi kompaniya ushbu samolyotni buyurtmachilarga yetkazib bera boshladi. Ilk samolyot amerikalik buyurtmachiga yetkazilgan. Kompaniyada ta'kidlanishicha, joriy yilning 1-yarmida buyurtmachilarga samolyotning avvalgi versiyasi HondaJet’dan 17 ta dona yetkazilgan.

Flying nashrining yozishicha, yangi model kattaroq parvoz masofasi (2661 km), Garmin G3000 negizidagi takomillashgan asboblar paneli olgan. Shuningdek, Elite yangi ranglarda taqdim qilingan. 

Honda’ning ma'lum qilishicha, yangi samolyot AQSh fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi va Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligi tomonidan sertifikatlashtirilgan.

Kompaniyaning ilk seriyali ishlab chiqarishga mo‘ljallangan samolyoti HondaJet’ning xarakteristikalari quyidagicha bo‘lgan: yo‘lovchilar soni – 7 kishi, uzunligi 12,52 metr, qanotlari qulochi 12,2 metr, balandligi 4,01 metr, bo‘sh samolyot vazni 3267 kg, maksimal tezligi 782 km/soat.

Ko‘proq yangiliklar: