Dunyoda eng ko‘p sotiluvchi krossoverlar reytingi tuzildi

Foto : Toyota
“Avtostat” agentligi mutaxassislari dunyoda eng ko‘p sotiluvchi krossoverlar reytingini tuzishdi.
Reytingning eng yuqori pog‘onasini Toyota RAV4 egallagan. Mutaxassislar buni jahon bozorlaridagi savdolarni tahlil qilib aniqlashdi. 2018 yilning yanvaridan iyunigacha ushbu modeldagi mashinadan 408,7 ming dona sotilgan.
2-o‘rinni Volkswagen Tiguan egallagan. Bu mashinadan 405,1 ming dona sotilgan. 3-o‘rinni esa joriy yilning 1-yarmida 337,8 ming dona sotilgan Honda CR-V krossoveri egallagan.
4-o‘ringa 279,2 ming dona sotilgan Hyundai Tucson, 5-o‘ringa 272,1 ming dona sotilgan Nissan Qashqai qo‘yilgan.
Yetakchi o‘ntalikdan, shuningdek, Mazda CX-5, Nissan Rogue, KIA Sportage, Haval H6 va Chevrolet Equinox yo‘ltanlamaslari o‘rin olgan.
Mavzuga oid

11:26 / 13.01.2025
Toyota qurayotgan aqlli shahar kuzda aholini qabul qilishni boshlaydi

22:21 / 11.11.2024
Reuters: Toyota Xitoydagi biznes strategiyasini o‘zgartiradi

18:00 / 06.11.2024
Yaponiyada Toyota’ning birinchi uchar taksisi namoyish etildi

14:37 / 30.10.2024