O‘zbekiston jome' masjidlarida Qurbon hayiti namozi o‘qildi

21 avgust, seshanba tongida mamlakatimizdagi 2000ga yaqin jome' masjidlarida Qurbon hayiti namozi o‘qildi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ularda 15 milliondan ortiq yurtdoshlarimiz saodatli kun ibodatini ado etdi, deb yozmoqda O‘zA.
Poytaxtimizdagi Hazrati Imom jome' masjidi ham erta tongdan yurtdoshlarimiz bilan gavjum bo‘ldi.
Qurbon hayiti ma'ruzasida insonlarga mehr ko‘rsatish, ularning o‘y-tashvishlarini o‘rganib, yaxshilik qilish g‘oyat savobli tadbirligi, shu ma'noda xalqimiz saodatli turmushi yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar, ularning hayotdan rozi bo‘lib yashashi yo‘lidagi sa'y-harakatlar g‘oyat qadrli ekani aytildi.
Mavzuga oid

15:16 / 12.06.2024
Qurbon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi

13:46 / 09.04.2024
Hayit namozi munosabati bilan Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati to‘xtatiladi

20:54 / 09.03.2024
O‘zbekistonda hay-tek uslubida birinchi masjid qurildi

17:02 / 28.06.2023