O‘zbekiston Respublikasi umumta'lim maktablarida yangi — 2018/19 o‘quv yili 5 sentabr, chorshanbadan boshlanadi. Bu haqda Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov o‘zining Feysbukdagi sahifasida e'lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 28 dekabr kuni «2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmoni asosida Yangi yil, Navro‘z va Mustaqillik bayramlari arafasida ketma-ket 5 kunlik dam olish kunlari belgilangan edi.
Mustaqillik bayrami — 1 sentabr arafasida dam olish quyidagicha bo‘ladi:
Haftada 5 kun ishlovchilarga (ketma-ket 5 kun dam olish):
31 avgust, juma – qo‘shimcha dam olish kuni;
1 sentabr, shanba – Mustaqillik bayrami;
2 sentabr, yakshanba – dam olish kuni;
3 sentabr, dushanba – ko‘chirilgan dam olish kuni;
4 sentabr, seshanba – ko‘chirilgan dam olish kuni.
Izoh: 8 va 15 sentabr – shanba kunlari haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun rasman ish kuni bo‘ladi.
Haftada 6 kun ishlovchilarga (ketma-ket 3 kun dam olish):
31 avgust, juma – qo‘shimcha dam olish kuni;
1 sentabr, shanba – Mustaqillik bayrami;
2 sentabr, yakshanba – dam olish kuni;
3 sentabr, dushanba – ish kuni;
4 sentabr, seshanba – ish kuni.