Apple milliard dollar deb baholangan kampusdagi binolarning narxi 200 dollardan ortiq turmasligini isbotlamoqchi

Fan-texnika 20:47 / 17.08.2018 10552

Santa Klara okrugi sudiga soliq xizmati tomonidan Apple Park kampusidagi binolarning bir milliard dollarga baholanishi ustidan Apple yuristlari 489ta shikoyat kiritishgani ma'lum bo‘ldi. Shikoyatlardan birida ta'kidlanishicha, butun hududdagi binolarning narxi 200 dollardan oshmaydi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib The San Francisco Chronicle xabar berdi.

Jurnalistlarning ma'lum qilishlaricha, Apple yuristlari yangi kampusni milliard dollarga baholagan soliq ekspertlariga qarshi jiddiy kurashga kirishishgan. 

Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda berilgan shikoyatda Apple barcha ko‘chmas mulklar narxi 200 dollardan ortiq turmasligini ta'kidlagan. Kompaniya shuningdek, mahalliy hukumat 384 million dollar deb baholagan binolar ham 200 dollardan qimmat emasligini bildirgan.

2016 yilda Tim Kuk Apple qonunga itoat qilishini va faoliyat yuritadigan mamlakatlarida barcha soliqlarni to‘lab borishini bildirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: