Vaqf qilingan kitoblar Samarqand viloyatidagi masjidlarga yetkazildi 

Jamiyat 10:35 / 16.08.2018 7901

Joriy yilning 13-14 avgust kunlari «Masjid va madrasalar uchun kitob aksiyasi» doirasida Samarqand viloyatining Payariq va Pastdarg‘om tumanlaridagi 36 ta masjidga jami hisobda 40 mln so‘mlik 1260 ta kitob yetkazib berildi. Bu haqda «Vaqf» fondi Matbuot xizmati xabar bermoqda

Foto: vaqf.uz

Masjidlarning har biriga «Qur'oni karim», shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub, «Odoblar xazinasi» to‘plami, «Islom tarixi» to‘plami, «Hadis va hayot» kitobidan 7 ta juz, «Muhammad sollallohu alayhi vasallamga sodiq Muhammad sodiq», «Zikr ahlidan so‘rang» kitobining 7-qismi, «Oltin silsila» 4, 6-juzi, «Iymon«, «Ochiq xat» kitoblari, shu bilan birga masjid ahli uchun kerakli deb hisoblangan «O‘kinma», «Yengil amallar», «Hanafiy fiqhidan savol-javoblar», «Dunyo va din odobi», «Til ofatlari», «Umrning bir lahzasi», «Baxtli hayot sari», «G‘iybat o‘zi nima?», «Muallimi soniy», «Men ham namoz o‘qiyman», kabi kitoblar Alloh yo‘lida vaqf mulki qilib berildi.

Foto: vaqf.uz
Foto: vaqf.uz
Foto: vaqf.uz

Eslatib o‘tamiz, to‘plangan mablag‘lar evaziga viloyatlardagi masjidlarga kitoblar olinadi va Alloh yo‘lida vaqf qilinadi. Hozirgi kungacha 169 ta masjid ulamolar tomonidan yozilgan eng sara asarlar bilan ta'minlandi. Siz ham ushbu aksiyani qo‘llab-quvvatlang!

Pul o‘tkazish uchun plastik raqami (istalgan miqdorda, cheklovlar yo‘q):
8600 3104 5763 1232 (Bakiyev Hakim nomida)

Murojaat uchun telefon:

+998909074554 (Shavkatbek)
+998974490456 (Temurbek)

Ko‘proq yangiliklar: